Mirzambetov Abdirashit Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Qoraqalpog‘iston sug‘oriladigan tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va ularni yaxshilash (Beruniy tumani misolida)”, 03.00.13 - Tuproqshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx695.
Ilmiy rahbar: Axmedov Almon Usmanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qurvontoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Saidova Munisa Ergashevna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Beruniy tumani sug‘oriladigan tuproqlarining xossa-xususiyatlari, sho‘rlanish darajasi, tuzlar miqdori va zaxiralarini aniqlash, tuman sug‘oriladigan erlarining tuproq-meliorativ holatini baholash orqali ularni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuman sug‘oriladigan erlarida sho‘rlangan tuproqlarning shakllanishi jarayonlarini o‘ziga xos xususiyati (gidromorfizm jarayoni kuchayishi) aniqlangan;
tuproq qatlamlaridagi suvda eruvchan umumiy va zaharli tuzlar miqdori, zaxiralari, sizot suvlari sathi, mineralizatsiyasi, sho‘rlanish ximizmi, gipotetik tuzlar tarkibidagi zaharsiz va zaharli tuzlar ulushi aniqlangan;
kritik chuqurlikdan (~2,5 m) yuqori joylashgan sizot suvlaridagi umumiy va zaharli tuzlar miqdori bo‘yicha tuproqlar sho‘rlanishining ehtimoldagi xavflilik darajasi aniqlangan va klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan;
tuproqlar tuzli kesimi hamda granulometrik (mexanik) tarkibining grafik ko‘rinishida tasvirlash EHM dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Qoraqalpog‘iston hududi sug‘oriladigan tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va ularni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Beruniy tumani «Qiyotobod» massivi sug‘oriladigan erlari uchun 1:10000 masshtabda tuzilgan «Zaharli tuzlar zaxirasi kartogrammasi» 1452,0 gektar sug‘oriladigan maydonlarda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, davlat qo‘mitasining 2020 yil 04 sentyabrdagi 03-05-7644-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarning ustki 0-1 metrlik qatlamining tuproq-meliorativ holatini baholash hamda tuproq xossa-xususiyatlarini va meliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan;
«Sug‘oriladigan erlar uchun kritik chuqurlikdan yuqorida joylashgan sizot suvlari tarkibidagi umumiy va zaharli tuzlarning tuproq sho‘rlanish darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri»ning havflilik darajasi bo‘yicha klassifikatsiyasi ishlab chiqilib, Beruniy tumani sug‘oriladigan erlarini ekologik-meliorativ holatini baholashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 aprel` № 03/022-1595-son ma’lumotnomasi). Natijada, kritik chuqurlikdan yuqorida joylashgan sizot suvlari tarkibidagi umumiy va zaharli tuzlarni tuproqlarning sho‘rlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirining xavflilik darajasiga to‘g‘ri baho berishga imkon bergan;
«Tuproqlarning tuzli profili va granulometrik tarkibini yaratish dasturi» deb nomlangan elektron grafik tasvirda ifodalanuvchi EHM dasturi yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 aprel` № 03/022-1595-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli darajada sho‘rlangan tuproqlarning tuzli kesimi va granulometrik tarkibi grafik tasviriy ko‘rinishining aniqlik darajasini ortishiga, grafik tasvirning aniq va ravshan ifodalanishiga va uni shakllantirishda takomillashtirilgan tezkor usulini yaratishga erishilgan.