Fattaeva Dilorom Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali gaymoritning komorbid holatidagi klinik-patogenetik xususiyatlari ” 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1949.
Ilmiy raxbarlar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Raximova Dilorom Alimovna tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan komorbid holatlar mavjud bemorlarda rivojlangan surunkali odontogen gaymoritning patogenetik xususiyatlarini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda mikrotsirkulyasiyaning buzulishi va immunodepressiya (immun tizim faoliyatida etishmovchilik) sababli o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi fonida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonining kuchayishi olib kelib chiqishi asoslangan;
ilk bor COVID-19 dan keyin o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi fonida surunkali odontogen gaymoritning rivojlanishi koagulyasion tizimdagi buzilishlar va endoteliy disfunksiyasi (endoteliyda NO-nitrat oksidi kamayishi sababli) bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor o‘pka obstruktiv kasalligi bo‘lgan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda odontogen gaymorit paydo bo‘lishida gaymor bo‘shlig‘ida leykotsitlar, limfotsitlar, plazma hujayralari, eozinofillar va neytrofillar miqdor ko‘rsatkichlarining ortishi, trombotsitlar agregat xolatining kuchayishi xamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lgan patogen (Streptococcus mutans, Staphylococcus aureus, Klebsiella pneumoniae) mikrofloraning ta’siri sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 kasalligini og‘ir darajadao‘tkazgan bemorlarda asabiylik, qo‘rqinch, pessimizm va loqaydlik xolatining ortishi o‘z navbatida visseral (ichki a’zolar) kasalliklar vazokonstriksiya (qon-tomir devorlari strukturasidagi o‘zgarishlar) mexanizmini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi natijasida gaymor bo‘shlig‘i to‘qimasida trofik o‘zgarishlarga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan komorbid holatidagi bemorlarda surunkali odontogen gaymoritning klinik patogenetik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi fonida rivojlangan odontogen gaymoritni erta tashxislash va davolashbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Koronavirusning respirator patologiyada maksilyar sinusdagi asoratlarniboskichli tashhislash va davolash algoritmi»nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 8n-z/229-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi COVID-19 o‘tkazgan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bemorlarda maksilyar sinusdagi asoratlarnipaydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va davolashga xizmat qilgan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi fonida rivojlangan odontogen gaymoritni takomillashtirilgan davolash usuli asosida ishlab chiqilgan «Nafas a’zolari tizimi patologiyasida COVID-19 dan keyin komorbid holatini erta tashhislash va davolashning samarali usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 8n-z/229-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi COVID-19 dan keyin surunkali odontogen gaymoritni davolashning usulini takomillashtirish va bemorlar reabilitatsiyasi sifatini oshirishga xizmat qilgan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi fonida rivojlangan odontogen gaymoritni erta tashhislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent 7-son shahar klinik shifoxonasi, Samarkand shaxar va Samarkand tuman tibbiyot birlashmalari, 1-son oilaviy poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/17928-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi bemorlarda odontogen gaymoritni paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash, olib borish taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlarning xayot sifatini yaxshilash xamda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.