Naralieva Nasibaxon Mamanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni tanlash va antropogen omillar ta’sirida bo‘lgan noyob turlarni saqlab qolish tamoyillari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/V80.
Ilmiy maslahatchi: Madumarov Tolibjon Abdumalikovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.V.79.01.
Rasmiy opponentlar: Mambetullaeva Svetlana Matmuratovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yoziev Lutfullo Xabibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Batoshev Avazbek Risqulovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan botanik hududlarni belgilash, antropogen omillar ta’siri ostida qolgan noyob turlarni saqlab qolish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida antropogen omillarning ta’siri ostida qolgan tabiiy hududlar aniqlangan va antropogen omillarning ta’sir ko‘lami ochib berilgan;
ilk bor fan uchun Tulipa intermedia Tojibaev & J.J. de Groot., O‘zbekiston florasi uchun Pseudosedum ferganensis Boriss., Euphorbia alaica (Prokh.) Prokh., Farg‘ona vodiysi florasi uchun Atraphaxis compacta Ledeb., Tulipa vvedenskyi Botschantz. yangi tur sifatida aniqlangan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi hududida 7 ta noyob va endem turlarning, Allium michaelis F.O. Khass. & Tojibaev, Asparagus ferganensis Vved., Dorema microcarpa Korovin., Limonium ferganense Ik.-Gal., Lamyropappus schakaptaricus (B. Fetsch.) Knorring & Tamamsch., Mogoltavia sewerzovii (Regel) Korovin, Corydalis paniculigera Regel et Schmalh. yangi o‘sish makonlari topilgan;
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan 28 oila, 69 turkumga mansub 166 noyob va endem o‘simlik turlarining zamonaviy konspekti tuzilgan va ularning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari yaratilgan;
ilk bor alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni aniqlash bo‘yicha qo‘llaniladigan metodik tavsiyalar Markaziy Osiyo tabiiy-geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda modifikatsiya qilingan;
modifikatsiyalashtirilgan metodlar va kriteriylari asosida O‘zbekistonda ilk bor Chust-Pop adirlari bedlendi, Chotqol tog‘ tizmasining janubiy hududlari va Shohimardonsoy daryosi havzasi alohida ahamiyatga ega botanik hudud sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysining alohida ahamiyatga ega botanik hududlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan 166 noyob va endem o‘simlik turlarining “turlar ro‘yxati”, zamonaviy konspekti, GAT xaritalari, dala tadqiqotlari davomida yig‘ilgan gerbariy namunalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 30 avgustdagi 03.03/1-1284-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati yuksak o‘simliklari kadastrini tayyorlash hamda Farg‘ona vodiysida tarqalgan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining zamonaviy elektron katalogi yaratish, shuningdek, Farg‘ona vodiysida uchraydigan noyob va endem o‘simlik turlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlar tayyorlash imkonini bergan;
fan uchun ilk bor aniqlangan Tulipa intermedia Tojibaev & J.J. de Groot., O‘zbekiston florasi uchun birinchi marta keltirilgan Pseudosedum ferganensis Boriss., Euphorbia alaica (Prokh.) Prokh., Farg‘ona vodiysi florasi uchun aniqlangan Atraphaxis compacta Ledeb., Tulipa vvedenskyi Botschantz. hamda yangi o‘sish joylari topilgan 7 ta noyob va endem turlar bo‘yicha ma’lumotlar Botanika institutining “Milliy gerbariy” amaliyotiga joriylashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, 2021 yil 10 avgustdagi 4/1255-2206-son ma’lumotnomasi). Natijada, 166 noyob va endem o‘simliklarning 800 ta gerbariy namunalari O‘zbekiston tabiiy florasi turlarini to‘r tizimli xaritalash (grid mapping) va O‘zbekiston florasi fondini yangi turlar bilan boyitish imkonini bergan;
alohida ahamiyatga ega botanik hududlarga huquqiy maqom berish bo‘yicha “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunning I bobi 5-moddasiga, VIII-bobi 35-moddasiga o‘zgartishlar hamda VIII bobga yangi modda kiritish taklifi Qonunchilik palatasida o‘rganilgan va muhokama uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 4 oktyabrdagi, №10-11/2 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning, shuningdek biologik xilma-xillikni saqlab qolishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonun xujjatlarini davriy yangilash imkonini bergan.