Arislanov Akmaljon Sayibbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoratog‘ va Markaziy Qizilqum fosforitlaridan sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bilan tarkibida kal`siy bo‘lgan azot-fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2352.
Ilmiy rahbar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Isakov Xayatulla, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bilan tarkibida azot, fosfor, kal`siy, magniy bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarishning samarador texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bilan tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan konsentrlangan azot-fosforli o‘g‘itlar olish jarayoni nazariy jihatdan asoslangan;
Qoratog‘ va MQ fosforitlari asosida olingan EFKdagi bir qism fosfat kislotani sul`fat kislotaga almashtirish va ammoniy nitrat ishtirokida faollash orqali hosil qilingan kislotalar aralashmasida ushbu fosforitlarini parchalashning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tarkibida kal`siy sul`fat digidrati bo‘lgan kislotali bo‘tqani ammoniylashda kal`siy sul`fatning ammoniy sul`fatga konversiya jarayonlari asoslangan hamda ammoniylashda kal`siy sul`fat digidratining ammoniy sul`fatga konversiya darajasining maksimal qiymatiga erishishining maqbul sharoiti aniqlangan;
sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bilan tarkibida azot, fosfor, kal`siy va magniy bo‘lgan konsentrlangan o‘g‘itlar ishlab chiqarishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Qoratog‘ va MQ fosforitlarini sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bo‘lgan azot-fosforli konsentrlangan o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoratog‘ va MQ fosforitlarini sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bilan tarkibida kal`siy bo‘lgan konsentrlangan azot-fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MQ fosforitlari asosidagi fosfat-gipsli bo‘tqada mazkur fosforitlarni parchalash, uni ammoniylash, donadorlash va quritish natijasida sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bilan tarkibida kal`siy bo‘lgan azot-fosforli konsentrlangan o‘g‘itlar olish texnologiyasi «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2021 yil 18 dekabrdagi 05/14-4652-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida azot, fosfor, kal`siy, magniy va sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bo‘lgan o‘g‘itlar olish hamda mamlakatimiz kimyo sanoatida yangi turdagi mahsulotlar olishda past navdagi fosforit xomashyosini ishlab chiqarishga qamrab olish, xomashyo resurslari – sul`fat kislota va ammiakni tejash, ishlab chiqarish chiqindisi – fosfogips miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
MQ fosforitlarini fosfat-sul`fat kislotali parchalash, fosfat-gipsli bo‘tqani ammoniylash asosida sul`fatlarning eruvchan shakli bilan tarkibida kal`siy bo‘lgan azot-fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasi JSC «Indorama Kokand fertilizers and chemicals»da amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2021 yil 18 dekabrdagi 05/14-4652-son ma’lumotnomasi). Natijada, kal`siy sul`fat digidratini ammoniy sul`fatga konversiya darajasining maksimal qiymatiga erishiladigan hamda bir paytning o‘zida tarkibida azot, fosfor, kal`siy, magniy va sul`fatlarning suvda eruvchan shakli bo‘lgan o‘g‘itlar olish imkonini bergan.