Sidikova Nigora Ma’rifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giperandrogeniyali ayollarda homila  tushishini tashhislash va bashorat qilishni takomillashtirish», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1614.  
Ilmiy rahbar: Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.  Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djabbarova Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida giperandrogeniyasi bo‘lgan ayollarda diagnostik markerlar ishlab chiqish va kompleks davolashni samaradorligini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
normal va ortiqcha tana vazniga ega giperandrogeniyali ayollarda qon zardobi va so‘lakdagi glikodelin va insulinsimon o‘sish omili-1 ning homila tushishi va homiladorlik davridagi asoratlarini profilaktikasida korrelyasion bogliqlikning diagnostik qiymati aniqlangan;
homila tushishi bo‘lgan ayollarda kompleks predgravidar tayyorlashning optimal usuli va davomiyligini ishlab chiqish yo‘li bilan giperandrogeniyali ayollarda homiladorlik asoratlari chastotasini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan;
tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan bog‘liq giperandrogeniyali ayollar tana vaznining homilador bo‘lish ehtimoliga va homiladorlikning har uch oyligida homiladorlik kechishi asoratlariga va perinatal natijalarga ta’siri isbotlangan;
tavsiya etilgan predgravidar tayyorlash usulining samaradorligi homiladorlikning har uch oyliklarida yuzaga keladigan asoratlarning chastotasi va og‘irligini kamaytirish va giperandrogeniyali ayollarda perinatal natijalarni yaxshilash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Giperandrogeniyali ayollarda homila tushishi diagnostikasi va prognozini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ayollarda tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan bog‘liq giperandrogeniyani samarali tashislash va kompleks predgravidar davolash usullaridan foydalanish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Giperandrogeniyali ayollarda kompleks predgravidar tayyorlashni qo‘llanilishi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 8n-r/1169-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlik yuz berishi chastotasi oshishi, muddatdan avval tug‘ruq chastotasi va kam vaznli chaqaloklar tug‘ilishi kamaytirish, perinatad asoratlarni kamaytirish va tirik tug‘ilgan bolalar solishtirma og‘irligini oshirish imkonini bergan;
giperandrogeniyali ayollarda homila tushishini diagnostikasi va prognoz kilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan, Respublika perinatal markazi va Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazining maslahat-tashhis bo‘limi amaliyotida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-z/540-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotda joriy qilinishi orqali ambulator davolanish vaqtini qisqartirish, statsionar davolanish chastotasini kamaytirish, perinatal asoratlar sonini kamaytirish va tirik tug‘ilgan bolalar solishtirma og‘irligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish