Mirsalixova Nargis Xayrullaevnaning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Bolalarda TORCH – infeksiya bilan assotsiirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam (uchrash darajasi, tashxisi, davolashni takomillashtirish)», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSs/Tib63.
Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamadieva Lola Atamuradovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda mikst infeksiya bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamning uchrash darajasi, rivojlanish xavf omillari, klinik-biokimyoviy, serologik va immunologik xususiyatlarini aniqlash va differensirlangan davolash sxemasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalarda mikst infeksiya bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam (mikoplazma, xlamidiya va gerpes virusli)ning uchrash darajasi, prognostik havf omillari sifatida: peri va intranatal holatlari, premorbid fon va yondosh kasalliklar (OR, RR>1,0; r<0,01; r<0,001) isbotlangan; 
bolalarda mikst infeksiya bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam (mikoplazma, xlamidiya va gerpes virusli)da azot oksidi, ko‘rsatkichlarining patogenetik ahamiyati ko‘rsatilgan, MDAning ortishi, SOD va katalaza miqdorining pasayishi bilan namoyon bo‘lgan. MI, XI va GVI bilan kasallangan bolalarda bu ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha prognostik mezon sifatida foydalanish imkoniyati isbotlangan; 
bolalarda sitomegalovirus, mikoplazma va xlamidiya infeksiyasi bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamida yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-1β, IL-4, IL-8, TNFα) ning 2,3-3,0 marta ortishi va IFNγ miqdori kamayishi  to‘g‘risidagi informativ diagnostik markyorlari aniqlangan, shuningdek pro- va antioksidant, immun tizimi (r=+0,54-0,66 va r=+0,52-0,61 r<0,001), azot oksidi va immun tizimi  r=+0,53-0,59 va r=+0,52-0,61 r<0,001) ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ishonchli musbat korrelyasion bog‘lanish isbotlangan;
bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamda mikoplazma, xlamidiya va gerpes virusli infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni olib borish va davolash uchun ishlab chiqilgan sxemalar davolash samaradorligini oshishiga, kasallikning qaytalanish darajasini kamaytirish va salbiy oqibatlarini oldini olishi isbotlangan;
bolalarda mikst infeksiya bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamida (mikoplazma, xlamidiya va gerpes virusli) kasallikning klinik kechishiga ijobiy ta’sir etuvchi virusga qarshi, membranostabillovchi va immunokorregirlovchi dori vositalarini qo‘llash natijasida bioximik (azot oksidi, lipidlarning perekisli oskidlanishi va antioksidant tizimi giperproduksiyasiga olib keluvchi) va immunologik ko‘rsatkichlar normallashishi orqali patogenetik asoslangan differensiallashgan davolash usullari ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida kasallikning remissiya davrining uzayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda mikst infeksiya bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni tashxisini va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda mikst infeksiyali zotiljamni davolashda salbiy oqibatlar rivojlanishining oldini olish va kasallikning og‘ir va murakkab shakllarga o‘tish xavfini kamaytirish asosida  ishlab  chiqilgan «TORCH- infeksiyasi bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamli bolalarga tashxis qo‘yish va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/144-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning  joriy  qilinishi mikst infeksiyali shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamli bolalarda tashxislash va davolash usullari samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
bolalarda mikst infeksiyali zotiljamni davolashda salbiy oqibatlar rivojlanishining oldini olish, kasallikning og‘ir va murakkab shakllarga o‘tish xavfini kamaytirish asosida  ishlab  chiqilgan «TORCH- infeksiyasi bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamli bolalarga kompleks davolash tadbirlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 noyabrdagi 8n-r/1075-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning  joriy qilinishi bemorning klinik holatini, biokimyoviy, immunologik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga, uzoq muddatli remissiyaga erishishga va kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
TORCH-infeksiyasi bilan assotsirlangan shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bo‘lgan bolalarni tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi pul`monologiya bo‘limi, Jizzax, Andijon va Toshkent viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21263-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi qaytalanuvchi o‘tkir respirator infeksiyalar darajasini 1,6 martaga va ularning asoratlarini qaytalanuvchi bronxit va zotiljam darajasini 1,4 martaga kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish