Sobirova Mahmudaxon Ne’matjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1394.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Rohat G‘aybullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchicining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish strukturasi ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari hamda ijodiy qayta ishlash malakalaridan tashkil topgan metodik kompetentlikni kiritish orqali rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan informatsion va analitik mezonlarini integral-diagnostik elementlar natijalarini tashxis etish shakllari bilan interaktiv modellashtirish imkoniyatlari hamda amaliy-texnologik xususiyatlari uyg‘unlik ko‘rsatkichlarini takroriy qayta aloqaga kirishuv darajasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
ta’limda didaktik-kommunikativ muhitga asoslangan dialog mazmuni adaptiv darajada va shaxsiy funksiyalarni integratsiyalash va uzluksizligini ta’minlashga imkoniyat yaratuvchi innovatsion-axborot muhitini individual ta’lim dasturlarini yaratish hamda tayanch texnologik o‘qitish vositalari kompleksini  pedagogik   amaliyotda o‘zaro transformatsiyalashuvini samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim vositalari o‘quv bosqichlarini tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kasbiy va shaxsiy sifatlari hamda intuisiya, kuzatuvchanlik, xotira kabi psixologik xususiyatlarni diagnostik darajalashga ko‘ra integratsiyalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
ta’lim vositalari o‘quv bosqichlarini tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kasbiy va shaxsiy sifatlari hamda intuisiya, kuzatuvchanlik, xotira kabi psixologik xususiyatlarni diagnostik darajalashga ko‘ra integratsiyalash asosida aniqlashga oid takliflar asosida “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta masus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 89-03-5486-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish strukturasi ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari hamda ijodiy qayta ishlash malakalaridan tashkil topgan metodik kompetentlikni kiritish orqali rivojlantirishga oid takliflar A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 89-03-5486-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni samaradorligining oshishiga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan informatsion va analitik mezonlarini integral-diagnostik elementlar natijalarini tashxis etish shakllari bilan interaktiv modellashtirish imkoniyatlari hamda amaliy-texnologik xususiyatlari uyg‘unlik ko‘rsatkichlarini takroriy qayta aloqaga kirishuv darajasini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta masus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 89-03-5486-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim mazmunini  takomillashtirish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasini oshirishga erishilgan.
ta’limda didaktik-kommunikativ muhitga asoslangan dialog mazmuni adaptiv darajada va shaxsiy funksiyalarni integratsiyalash va uzluksizligini ta’minlashga imkoniyat yaratuvchi innovatsion-axborot muhitini individual ta’lim dasturlarini yaratish hamda tayanch texnologik o‘qitish vositalari kompleksini  pedagogik   amaliyotda o‘zaro transformatsiyalashuvini samarali qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 89-03-5486-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoni oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish