Shaxaldarova Gulchehra Sagdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi «Chet tilda o‘quvchilar kognitiv kompetensiyasini shakllantirish prinsiplari va  texnologiyalari (5-6 sinflar misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Ped1311.
Ilmiy rahbar: Riskulova Kamola Jummaevna, pedagogika  fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:Kodirova Fotima Rashidovna,pedagogika fanlari doktori, professor;Sobirova Gulnoza Sodikovna,pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chet tilda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish prinsiplari va usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki va tashqi ko‘rgazmalilik, onglilik va boshqa didaktik prinsiplar asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilar kognitiv malakalarini shakllantirishga to‘liq mos keladigan konseptual xarita (ConceptMapping) texnologiyasi asosida uch bosqichli imitatsion, transformatsion va kommunikatsion mashqlarning integrativ tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilar kognitiv qobiliyatini rivojlantirishda tilning nominativ, kommunikativ, kumulyativ, pragmatik, multilingval va multimadaniy  funksiyalaridan sinxron foydalanishning samarali mexanizmi kommunikant va kognizant shaxsini shakllantirishning psixofiziologik tamoyillari asosida dalillangan;
o‘quvchilarning kognitiv layoqatini lingvodidaktik kategoriya sifatida axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik mohiyati, ilmiy-metodik ta’minoti,tarkibiy qismlari hamda rivojlanish bosqichlari ochib berilgan;
o‘quvchilar kognitiv kompetensiyasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan konseptual xarita(Concept Mapping) texnologiyasining mashqlar sistemasiga tatbiqining samaradorligi statistik styudent formulasi ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni aniqlash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chet tilda o‘quvchilar kognitiv kopetensiyasini shakllantirish prinsiplari va texnologiyalari (5 6 sinflar misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
kommunikativ kompetensiyani shakllantirish faoliyatni o‘rganishga yo‘naltirilganlik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quvchilar kognitiv kompetensiyasini shakllantirish, mashqlar sistemasi va texnologiyalarini ishlab chiqishda onglilik va ko‘rgazmalilik prinsiplari tatbiqiga oid materiallardan Andijon davlat universitetida 2017-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-18 raqamli «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 02-15/4889-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ishlab chiqilgan lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilar kognitiv kompetensiyasini shakllantirish maqsadi, mazmuni va tarkibi uning psixofiziologik mental mexanizmini empirik tahlil yordamida tushunish, eslash, qiyoslash, fahmlash, orttirilgan til tajribasidan foydalanish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, umumlashtirish va baholash kabi ongli amallardan tashkil topganligiga oid materiallardan Abdulla Qahhor uy-muzeyida adib hayoti va adabiy merosi bo‘yicha ko‘rgazma, muzey-dars, sayohat-dars, teatr-dars kabilarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 5 12 10-3870-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey metodik-didaktik ta’minotining mukammallashishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilar kognitiv kompetensiyasini shakllantirish maqsadi, mazmuni va tarkibi uning psixofiziologik mental mexanizmini empirik tahlil yordamida tushunish, eslash, qiyoslash, fahmlash, orttirilgan til tajribasidan foydalanish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, umumlashtirish va baholash kabi ongli amallardan tashkil topganligiga oid materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining ingliz tili sinflari uchun mo‘ljallangan “Teens’ English-6” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 18 maydagi 10-06/26-son ma’lumotnomasi). Natijada “Teen’s English-6” darsligida 2 12 bo‘limlarni o‘rganish davomida bo‘limga oid portfolio, ya’ni bajarilgan ishlar jildi faylini tayyorlab borish ishlari yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish