Xoshimov Muzaffarjon G‘anijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kirish gapli qo‘shma gap tilda gapning invariant turi sifatida” 10.00.11¬ – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.Phd/Fil2030.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kirish bo‘lakli sintaktik konstruksiyalar, shu jumladan “sub’ektivno-modal baho” mikrokonseptini voqelantiruvchi qo‘shma gaplarning maxsuslashgan invariant turi bo‘lgan kirish gapli qo‘shma gaplarning lingvokognitiv, lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilda «sub’ektiv-modal baho» universal mikrokonseptini voqelantiruvchi kirish bo‘lakli sintaktik konstruksiyalar tizimi, jumladan, kirish gapli qo‘shma gaplarning  strukutural-semantik turlarini aniqlash orqali tilda mazkur mikrokonseptning lingvokognitiv maydonini tashkil etuvchi turli sathlarga tegishli  vositalar tabiati,  ushbu maydon yadrosi, dominantasi va periferiyasini tashkil etuvchi konstituentlari ochib berilgan;
kirish gapli qo‘shma gaplarning  lingvopragmatik  tabiatini tizimli ochib berish orqali “assessiv” nutq aktining “sub’ektiv modal baho” mikrokonseptini voqelantiruvchi muhim vosita sifatidagi kommunikativ-pragmatik imkoniyatlari dalillangan;  
tilda “sub’ektiv modal baho” mikrokonseptini voqelantiruvchi muhim vosita bo‘lgan kirish gapli qo‘shma gaplarning lingvokognitiv, lingvopragmatik va lingvokul`turologik maqomi aniqlangan hamda uning lingvokul`turema sifatidagi lingvokul`turologik tabiati ochib berilgan;
“sub’ektiv modal baho” mikrokonseptini voqelantiruvchi maxsus vositalar bo‘lgan kirish gapli qo‘shma gaplarning tillararo mutanosiblik darajasini aniqlashga, ularni ingliz tilidan o‘zbek va rus tillariga tarjima qilishga yordam beruvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilda “sub’ektiv modal baho”  mikrokonseptini maydonini tashkil etuvchi til birliklarining, shu jumladan KGQGlarning lingvokognitiv, lingvopragmatik  va lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berish jarayonida olingan natijalar asosida:
tilda «sub’ektiv-modal baho» universal mikrokonseptini voqelantiruvchi KBSKlar tizimi, shu jumladan, KGQGning mavjud turlariga oid xulosalardan 2017-2018 yillarda amalga oshirilgan № OT-A1-53 Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun  “Translation in Use” nomli darsligini yaratish va nashr qilish mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan ”Sinxron tarjima”  va ”Izchil tarjima” o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 sentyabridagi 02/729 - son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga va takomillashishiga xizmat qilgan;
tilda «sub’ektiv-modal  baho» mikrokonseptining lingvokognitiv maydonini tashkil etuvchi turli sathlarga tegishli  vositalar tabiati,  ushbu maydon yadrosi, dominantasi va periferiyasini tashkil etuvchi konstituentlariga oid natijalardan New Time University (NTU) Foundation kurslarining “Til va diskurs” va “Muloqot ko‘nikmalari” kabi modullarni ishlab chiqishda foydalanilgan (New Time University ning 2021 yil 25 sentyabrdagi 7-3-son ma’lumotnomasi). Natijada modullar KGQGlarning lingvokul`turologik va diskursiv tabiatiga xos bo‘lgan ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
kirish gapli qo‘shma gap tilda gapning invariant turi sifatida namoyon bo‘lishiga oid natijalarning samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar, ularning  pragmatik va kul`turologik jihatlari, pragmema va lingvokul`turemalar sifatida kontekstlarda qo‘llanilish xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston respublikasi Madaniyat Vazirligining «Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarkatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi» doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 05-12-01-4449-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar «yo‘l xaritasi» doirasida o‘z aksini topgan;
KGQGlar lingvokognitiv va lingvokul`turologik maqomini tilda aniqlashga, ularning umumlisoniy  jihatlari ochib berishga daxldor muhim  masalalar tahliliga oid fikrlar va nazariy xulosalaridan Andijon viloyati teleradnokompaniyasining Andijon axboroti “Yangiliklar” va «Onlayn-urok» informatsion ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 sentyabrdagi 04-25-1481-son ma`lumotnomasi). Natijada, ular teletomoshabinlarni kirish gaplarning jonli muloqotdagi o‘ziga xos lingvokognitiv va qiziqarli lingvokul`turologik xususiyatlari bilan tanishtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish