Sulaymanova Dildora Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish (5-sinf misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1203.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: ToshkentviloyatiChirchiqdavlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna,pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor;Rustamova Nodira Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tuzilmasi axborot savodxonligi (information and data literacy), muloqot va hamkorlik (communication and collaboration), raqamli kontent yaratish (digital content creation), axborot xavfsizligi (safety) ko‘nikmalarini algoritmik tafakkur (computer thinking) yuritish jarayonlari bilan identifikatsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik jihatlari hamkorlikda (sollaborative learning), oraliq (Spaced learning), teskari (Flipped classroom), o‘yinli (Gamification), vizual, audio va kinestetik (VAK teaching) ta’lim shakllarini aralash ta’lim (blended learning) bilan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda boyitib borish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mediatexnologiyalarga asoslangan metodikani joriy etish mexanizmi taym menejment (vaqtdan unumli foydalanish), ratsional o‘qitish, raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiyalarni kompyuting ta’limning ijtimoiy, mobil, kognitiv kabi turlarida medialogiya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tizimi axborot maydonini tashkil etuvchi mediatexnologik metodik resurslarni “Web-quest+Mediatools” interfaol usulidan foydalanish jarayonida adaptiv tarzda qo‘llashning semantik jihati intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Informatika va axborot texnologiyalari" fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tuzilmasini axborot savodxonligi, muloqot va hamkorlik, raqamli kontent yaratish, axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini algoritmik tafakkur yuritish jarayonlari bilan identifikatsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligida o‘quv materiallarini raqamli kompetensiyalar asosida loyihalashga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik jihatlarini, o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mediatexnologiyalarga asoslangan metodikani joriy etish mexanizmini taym menejment, ratsional o‘qitish, raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiyalarni kompyuting ta’limning ijtimoiy, mobil, kognitiv kabi turlarida medialogiya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” doirasida “Cambridge University press” nashriyotining Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv-metodik majmualarini amaliyotga joriy etish jarayonida foydalanilgan(Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika o‘qitish metodikasini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik tizimini axborot maydonini tashkil etuvchi mediatexnologik metodik resurslarni “Web-quest+Mediatools” interfaol usulidan foydalanish jarayonida adaptiv tarzda qo‘llashning semantik jihati intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuting ta’limi samaradorligini oshirishga erishilgan.