Baxadirov Jaxangirmirzo Abdumajitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklamalarning lingvomadaniy tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil576.
Ilmiy rahbar: Irisqulov Muxammadavaz Tursunovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Mamatov Abdi Eshonqulovich, fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz  tillaridagi ijtimoiy reklamalarning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilning ichki resurslariga tayangan holda ijtimoiy reklamalarning tarkibiy tuzilishi va tasviriy ifodalanishida semiotika, kreollashgan matnlar hamda rang konseptining olamning lisoniy manzarasini yaratishdagi o‘rni til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlariga asoslanganligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklamalarni kategorialashtirish hamda ular o‘rtasidagi farqli va o‘xshash jihatlarni aniqlash orqali grammatik jihatdan, asosan, fe’l va buyruq mayliga oid gaplardan iborat bo‘lgan har ikki tildagi ijtimoiy reklamalarda mubolag‘a, istiora, allyuziya va evfemizim usullari o‘zbek tiliga, qiyoslash, timsollash, sifatlash, antiteza va kinoya usullari esa ingliz tiliga xosligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklamalarning pragmatik xususiyati tonallikning pand-nasihatli, ogohlantiruvchi va tanbeh beruvchi imperativ  hamda ishonchni bildiruvchi, tarbiyaviy va optimistik kabi kooperativ jihatlariga asosan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklama matnlarining nutqiy va pragmatik xususiyatining insonlarni sezgi tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazishi hamda ijtimoiy muammolarni muhokama mavzusiga aylantirish orqali insonlarni olam haqidagi tasavvurlariga kirib borishi bilan ularning ongini manipulyasiya qilish asosida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy  reklamalarning lingvomadaniy tadqiqi yuzasidan olingan  natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklamalarning pragmatik aspektiga, xususan, insonlarga sezgi tuyg‘ulari, ijtimoiy muammolarni muhokama mavzusiga aylantirish orqali inson ongini  manipulyasiya qilish, insonlarning ularni olam haqidagi tasavvurlariga kirib borish orqali namoyon bo‘lishiga oid tadqiqot natijalaridan PZ-20170929561-raqamli “Yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish va milliy g‘oyaga sodiqlik ruhini kuchaytirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4402-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy reklama jamiyatning hulq-atvori me’yorlarini tartibga soluvchi hamda sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish vazifalari, oilaviy munosabatlar, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, kabi masalalarni mazmun mohiyatini ochib berishiga hizmat qilgan;
tilning ichki resurslariga tayangan holda ijtimoiy reklamalarning tarkibiy tuzilishi va tasviriy ifodalanishida semiotika, kreollashgan matnlar hamda rang konseptining olamning lisoniy manzarasini yaratishdagi o‘rni til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlariga asoslanganligiga doir xulosalardan Respulika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi Uchtepa tumani bo‘linmasining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 2 dekabrdagi 02/07-1053-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyo miqyosida yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ijtimoiy reklamalarga bo‘lgan talabni kuchaytirayotgani, jamiyatdagi ma’naviy–axloqiy me’yorlarini tartibga soluvchi vazifalarni bajarishda o‘z echimini kutayotgan dolzarb ijtimoiy muammolarni bartarf etishga oid ilmiy–amaliy jihatlarini yoritib berishga hizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklamalarining tonallikning imperativ (pand-nasihatli, ogohlantiruvchi va tanbeh beruvchi) hamda kooperativ (ishonchni bildiruvchi, tarbiyaviy va optimistik)  jihatlariga asosan namoyon bo‘lishi, shuningdek ijtimoiy reklamalarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatiga doir xulosalardan “Mahalla” telekanalida 2020 yil noyabr` oyida efirga uzatilgan “Reportyor” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Mahalla teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 23 noyabrdagi 01-17-424-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy reklamalarning bugungi kundagi mazmun-mohiyati ilmiy jihatdan asoslanishiga hizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish