Xudayqulov Tulqin Dustboboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv tarixi (markaziy, mahalliy, harbiy, diniy hokimiyat (XVIII-XX asr boshlari))”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc.Tar.119.
Ilmiy maslahatchi: Vohidov Shodmon Husaynovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII-XX asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixnavislar Muhammad Hakimxon to‘ra, Avaz Muhammad Attor Ho‘qandiy, Mirzo Olim, Ogahiy, Bayoniy, Munislarning asarlari asosida tarixchi, shoir va tarjimonlar birlashgan holda ularning tarixiy va adabiy asarlari bir joyga to‘planganligi, nusxalar ko‘chirilgani, ko‘p sonli manbalar sharq tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilinganligi dalillangan;
markaziy hokimiyatda amalga oshirilgan muhim o‘zgarishlar sulola vakillari qo‘ng‘irotlardan Muhammad Rahimxon I, mang‘itlardan amir Haydar, amir Shohmurod, amir Nasrullo, minglardan Olimxon va Umarxonlarning islohotlari natijasida yuz berganligi aniqlangan;
Buxoro qozikaloni Sadri Ziyo, tarixnavislardan Bayoniy, Mirzo Olim Maxdumxoja kabi mualliflar asarlari asosida markaziy va mahalliy boshqaruvdagi saroy ijrochilarining vazifalari ularning unvon va mansablari hamda martabalariga qarab belgilanganligi isbotlangan;
Markaziy Osiyo xonliklarida davlat boshqaruv organlari va ularning tuzilishi, funksiyalari, mansabdor shaxslarning nomlarini bildiruvchi qushbegi yoki qo‘shbegi, chuhraboshi yoki chuhraog‘osi, ham harbiy yoki diniy mansabga qiyoslangan naqib kabi atamalarga aniqliklar kiritilgan;
Muhammad Baljuvoniy, Munis, Ogahiy va Mulla Olim Mahdum Hojilarning asarlarida xonliklardagi harbiylarning iearxiyasi bo‘yicha ma’lumotlar asosida ularning farqlari xususan, amirlikda to‘pchiboshi dodxoh darajasidagi mansabdorlardan tayinlanishi, inoq esa o‘zbek qabilasi boshlig‘ining nomi bo‘lmaganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv tarixi (markaziy, mahalliy, harbiy, diniy hokimiyat (XVIII – XX asr boshlari))mavzusiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv tarixi (markaziy, mahalliy, harbiy, diniy hokimiyat (XVIII – XX asr boshlari))mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida jamoatchilik asosida bajarilgan OT-F1-109 “O‘zbekistonda er-suv munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” mavzusidagi amaliy tadqiqotlar dasturi loyihasi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2020 yil 17 martdagi 02-538-son ma’lumotnomasi). Natijaning qo‘llanilishi Markaziy Osiyo davlatlari davlat boshqaruvida sug‘orish tizimi va er egaligi munosabatlarining o‘rni bo‘yicha ma’lum bir ilmiy aniqliklar kiritishga imkon bergan;
Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv tarixi ilmiy natijalaridan Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi va Qashqadaryo viloyat madaniy meros agentligi vohaning o‘rta asrlar o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni, shakllanish davri va rivojlanish bosqichlari shuningdek, markaziy boshqaruvdagi islohotlar bo‘yicha taklif va echimlaridan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022 yil 24 yanvardagi 01-01/237-son ma’lumotnomasi). Natijaning qo‘llanishi Qashqadaryo vohasining o‘rta asrlarda Buxoro xonligining siyosiy boshqaruvdagi o‘rnini ochib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ilk davlatlarning paydo bo‘lishidan mustaqillikkacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar tahlil qilinib xususan, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi markaziy boshqaruvning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2020 yil 27-28-29 dekabrdagi “Ekspedisiya” ko‘rsatuvida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi va mazkur materiallardan ko‘rsatuvlar (3 qismli) ssenariylarida foydalanildi (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 30 noyabr` 01-14-1815 sonli dalolatnomasi). Natijada teletomoshabinlar o‘zbek xonlklari davlatchiligining shakllanish omillari, mahalliy va ma’muriy boshqaruvi, aholining turmush tarzi va ular borasida olib borilgan tadqiqotlar, ularning bugungi kun uchun ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish