Sherjanova Fazu Keo‘nimjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq dramaturgiyasida tragediya janrining shakllanishi va rivojlanish evolyusiyasi», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil770.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Qurambaev Karimboy, filologiya fanlari doktori, professor; Dosimbetova Abadan Alievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq adabiyotida tragediyaning shakllanishi va badiiy ta’sirlar, janr jihatdan rivojlanish yo‘nalishlari va tarixiy tadrijini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
qoraqalpoq adabiyotida tragediya janrining shakllanishi, janr xususiyatlari, badiiy-g‘oyaviy xilma-xilligi jahon va turkiy xalqlar dramalarining adabiy ta’siri hamda o‘xshash tarixiy sharoitdan kelib chiqqan ijtimoiy-maishiy, Sharq mentalitetiga xos jamiyat oldidagi javobgarlik va mehr-oqibat singari ma’naviy-ma’rifiy omillar asosida yuzaga kelganligi dalillangan;
qoraqalpoq tragediyalarining shakllanish bosqichida (1920-1930 yillar) ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda vatanni mudofaa qilish, vatanparvarlik mavzulari, 1960-yillardan 1990-yillargacha bo‘lgan taraqqiyot davrida tragedik obrazlarning psixologik talqini, qahramon ruhiyati bilan o‘quvchi ruhiyatining kolliziyasi, mustaqillik yillarida maishiy va tarixiy mavzular yetakchilik qilganligi aniqlangan;
tragedik asarlardagi qahramon obrazining ruhiy jihatdan kuchliligi, kurashuvchanligi, jamiyat va xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘yishi, uning fojeaviy qurbon bo‘lishi aholiga, o‘quvchiga yoki tomoshabinga kurashuvchanlik, o‘z arzu-armonlariga erishishga umid va ishonch berishi Maman biy, Aydos bobo, Ernazar alako‘z, Izban, Allayar Dosnazarov kabi tarixiy shaxslar obrazlari asosida ochib berilgan;
qoraqalpoq tragedik asarlarida qahramonlar o‘rtasidagi keskin ziddiyatli kurashlar, muhim ahamiyatga ega global muammolar va yirik jamoatchilik, ijtimoiy ahamiyatga ega davr voqealari syujet va konfliktning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida o‘z aksini topganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq dramaturgiyasida tragediya janrida yozilgan asarlarni tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalardan:
tragediya janrining umumjahon tragediya janrida yaratilgan asarlar bilan bog‘liqligi, o‘ziga xos xususiyatlari, taraqqiyot tadriji haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 avgust kungi 194/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotshunosligida tragediya janri haqidagi ilmiy qarashlar va nazariy fikrlar takomillashtirilgan;
qoraqalpoq tragediyalarining janr xususiyatlari, boshqa janrlardan farqli tomonlari va g‘oyaviy jihatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar, obrazlarning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatiga aloqador ilmiy tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Musiqiy dam olish dasturlari» bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan «Adabiyot va davr», «Meros» nomli radio eshittirish va teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 4 avgust kungi 01-02/381-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy ma’lumotlarga boy bo‘lishi va dramaturglar ijodining keng targ‘ib qilinishi ta’minlangan;
tragedik asarlarda tasvirlangan qahramon obrazining ruhiy jihatdan kuchliligi, kurashuvchanligi, jamiyat va xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘yishi, uning fojeaviy qurbon bo‘lishi aholiga, o‘quvchiga yoki tomoshabinga kurashuvchanlik, o‘z arzu-armonlariga erishishga umid va ishonch berishi xususiyatlari bo‘yicha berilgan ilmiy tavsiyalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida tragik asarlarning sahnaga qo‘yilida amaliy foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 avgust kungi 2-03/1347-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil dramaturg K.Raxmanovning «Yarador yuraklar» («Urushga la’nat» nomi bilan o‘zgartirilib qo‘yildi) nomli tragediyasining qayta sahnalashtirilishida tragediya janrining asosiy tendensiyalari ochib berish imkoniyati yaratilgan, sahna asarlarining badiiyligi, g‘oyaviy yo‘nalishini yanada boyitishga xizmat qilgan;
tragediyalardagi syujet-kompozisiya tuzilishi, ma’naviy kolliziya, konflikt va badiiy echim masalalari bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan badiiy-adabiy kecha ma’ruzalarida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, 2021 yil 6 dekabrdagi 309-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq dramaturgiyasi masalalari g‘oyaviy-mavzuviy qirralari, janr xususiyatlari yanada oydinlashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish