Amirxo‘jaev Shukurjon Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek oilalarida ijtimoiy-madaniy jarayonlar transformatsiyasi (XX asr oxiri - XXI asrning boshi)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal57.
Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sadiqova Shohido Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda XX asr oxiri XXI asrning boshida oilalarda ijtimoiy-madaniy jarayonlar transformatsiyasining ijobiy va salbiy jihatlarini zamonaviy o‘zbek oilasining barqaror hayotini ta’minlash kontekstida ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-madaniy jarayonlar transformatsiyasi jarayonida yuz bergan oiladagi iqtisodiy huquq va majburiyatlarning o‘zgarishi oqibatida ayollar huquq va erkinliklarining kengayishi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tafakkurning tarkibiy jihatdan boyishiga olib kelishi falsafiy jihatdan dalillangan;
shaxsning oiladan tashqaridagi ijtimoiy aloqalari rivojlanib, mehnat jamoasi, ijtimoiy birlashmalar va boshqa tuzilmalar bilan munosabatlar dinamikasi kuchayib borishi oqibatida qarindosh-urug‘chilik aloqalari degradatsiyaga uchrab borishi aniqlangan;
ijtimoiy-madaniy jarayonlarda oilaviy qadriyatlarning deformatsiyalashuvi natijasida oilada xaostik munosabatlar dinamikasi ortib borishi va bu o‘z navbatida oilaviy ajrimlarning ko‘payishiga olib kelishi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
urbanizatsiya jarayonida inson mobilligining ortishi va uning oqibatida esa ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi iqtisodiy ittifoqqa putur etgani, bu esa oila keksa vakillarining farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri - XXI asrning boshi o‘zbek oilalarida ijtimoiy-madaniy jarayonlar transformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy oimillarni aniqlashga doir olib borilgan tadqiqotlar asosida:
ijtimoiy-madaniy jarayonlar transformatsiyasi jarayonida yuz bergan oiladagi iqtisodiy huquq va majburiyatlarning o‘zgarishi oqibatida ayollar huquq va erkinliklarining kengayishiga, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tafakkurning tarkibiy jihatdan boyitishga olib kelishi bo‘yicha ilgari surilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-sonli “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining IV bob Mahalla, oilalarda ota-onalar va bolalar ma’naviy tarbiyaviy munosabatlarini tahlil etish asosida “Namunaviy oilaviy tarbiya muhiti” mezonlarini belgilash va shu asosda mahalla, tuman, shahar, hududlar va respublika tanlovlari mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 17 sentyabrdagi 02/07-787-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek oilalarida er-xotin munosabatlarining xulq-atvor namunasi va ularning shaxsiy-madaniy xususiyatlarini tahlil qilish asosida oila va nikoh munosabatlari madaniyatini rivojlantiruvchi barqaror oila modelini takomillashtirishga erishilgan;
shaxsnin oiladan tashqaridagi ijtimoiy aloqalari kuchayib, mehnat jamoasi, ijtimoiy birlashmalar va boshqa tuzilmalarning bilan munosabatlar dinamikasi kuchayib borgani sari keng miqyosdagi oilaviy munosabatlar degradatsiyaga uchrab borishiga oid tavsiyalardan Andijon davlat universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan OT-F-1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada nashr etilgan “Andijon viloyatida aholining ma’naviy begonalashuvidagi hududiy tafovutlar” nomli xaritasini yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 89-03-3421-son ma’lumotnomasi). Natijada “Avlodlar o‘rtasida urf-odatlar, an’analarning, odob-axloq me’yorlarining milliy mentalitetga xos turmush tarzi davomiyligining uzilishi, ya’ni ko‘p qatlamli, “monogon” oilalarning kamayib ketishi”, “aholining zichligi, chegara hududlarida istiqomat qiladigan aholi ma’naviy qiyofasining o‘ziga xosligi”ni belgilashga xizmat qilgan;
ijtimoiy-madaniy jarayonlarda oilaviy qadriyatlarning deformatsiyalashuvi natijasida oilada xaostik munosabatlar dinamikasi ortib borishi va bu o‘z navbatida oilaviy ajrimlarning ko‘payishiga olib kelishi bo‘yicha nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining oilalarni har tomonlama muhofaza qilishga doir amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 02-02/1234-son ma’lumotnomasi). Natijada vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoniga taalluqli bo‘lgan 2-ilovaning “Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 15-bandi “Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusida ma’rifat oyligini tashkil etish (2020 yil may oyi), 19-bandi 15 may – Xalqaro oila kunini “Oila muqaddas” shiori ostida keng nishonlashni tashkil etish va o‘tkazish (2020 yil may), 21-bandi Oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, sudgacha oilaviy nizolarning oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, oila va nikoh munosabatlari madaniyatini rivojlantiruvchi barqaror oila modelini takomillashtirish, oilalarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning tasnifini aniqlash asosida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy diagnostikasi va prognozini aniqlashga doir vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘mak bergan;
fuqarolik jamiyati rivojlanishi natijasida tarixiy jihatdan amal qilib kelgan ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi iqtisodiy ittifoqqa putur etgani, bu esa oilaning keksa vakillarining farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga doir tadqiqot ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 3 dekabrdagi 25-16/2076–son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mamlakatimizda oila institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash, demografik rivojlanishni rag‘batlantirish, oila farovonligi darajasini oshirish, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yosh avlod tarbiyasiga singdirish, shuningdek, reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularni muammoli o‘rganish metodologiyasini takomillashtirishga hissa qo‘shgan.