Halimov Sulaymon G‘ulomoviching
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shohg‘arib Mirzo “Devon”ining temuriylar davri adabiy muhitida tutgan o‘rni”. 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil344.
Ilmiy rahbar: Erkinov Aftondil Sadirxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Azimidin, filologiya fanlari doktori; Radjabova Burobiya, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Temuriylar davri turkiy adabiyotning vakillaridan biri bo‘lgan Shohg‘arib Mirzo “Devon”idan o‘rin olgan mumtoz adabiyot janrlari, jumladan g‘azal va muxammaslarning g‘oyaviy-semantik, leksik-stilistik xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shohg‘arib Mirzoning temuriylar davri adabiy muhitida tutgan poetik o‘rni, uning badiiy merosi, “Devon”dagi g‘azallarining tasvir va talqindagi adabiy-badiiy estetik tamoyillarini hamda lirik turdagi asarlarning qit’a, muxammas kabi janriy xususiyatlari ochib berilgan;
Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy asarlarining Shohg‘arib Mirzo ijodi mavzu rang-barangligi, uslub individualligini ta’minlashga ta’siri, an’analarning o‘zaro mushtarakligi, g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal g‘azal janrining maydonga kelishi, turkiy g‘azalshunoslik ilmida yuzaga kelgan qonuniyatlar va yangilanishlarning shoir ijodida namoyon bo‘lishi asoslangan;
ijodkor “Devon”ining nazariy poetik mundarijasi, uslub fenomenida tematik rang-barangligi, mavzu ko‘lami hamda originallik va izdoshlik masalalari, mumtoz she’riyat rivojiga ko‘rsatgan estetik ta’siri dalillangan;
shoirning o‘zbek va forsiy tilda yozilgan g‘azallarini qamrab olgan G‘aribiy devonida yakpora, musalsal kabi kompozision tuzilishli g‘azallarning badiiy, g‘oyaviy xususiyatlarini yoritish hamda mazmuniy, matniy, ishqiy, falsafiy-irfoniy singari strukturaviy xususiyatlari, iltizom san’atini badiiy matndagi talqini, lirik asarning turfa xil ma’no qirralarining namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shohg‘arib Mirzo “Devon”ining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari o‘rganish natijalari quyidagi ishlarda joriy etilgan:
“Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy “Devon”ining temuriylar davri adabiy muhitida tutgan o‘rni” mavzusidagi o‘rganishga doir ilmiy-nazariy natijalaridan OT-F1- 138 raqamli “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5343 son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlar Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy davri adabiyotiga ta’siriga doir yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
“Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy “Devon”ining temuriylar davri adabiy muhitida tutgan o‘rni” mavzusidagi o‘rganishga doir ilmiy-nazariy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F1-1002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 3 avgustdagi 191/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek mumtoz adabiyoning turfa xil lirik janrlari haqidagi qarashlarga munosabatlar, badiiy-estetik tamoyillarning davomiyligi, vorisiylik tushunchalari asosida xulosalar chiqarishga erishilgan;
Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy “Devon”i va uning janrlari hamda G‘aribiy g‘azallaridan “Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi”ining “G‘azal bo‘stoni” ko‘rsatuvida va Samarqand viloyati radiosining “Ijod gulshani” eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi”ining 2020 yil 11 dekabrdagi 09-01-/375 -son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdagi Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
Temuriylar davri adabiy muhiti, Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro rahnamoligida Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy ijodining yanada sayqallanishi, ma’naviy- axloqiy tarbiyalashdagi roli, ustoz-shogird munosabatlari, tarbiya usullari yuzasidan yoshlarni barkamol qilib shakllantirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazilishida keng foydalanilgan ( Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limining 2020 yil 28 dekabrdagi 86-con ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy ijodi va uning adabiy muhitidan bahramand bo‘lishgan;
Shohg‘arib Mirzo G‘aribiy hayoti va ijodiy faoliyatini davr adabiy manbalariga asoslanib kengroq tarzda o‘rganilishi, XV asr temuriylar davri adabiy muhitidagi yangiligini ko‘rsatib berishi, G‘aribiy siymosining badiiy mahorati va uning g‘azallarining o‘ziga xosligi, tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qator shoir va yozuvchilarining nazmiy va nasriy asarlarida qo‘llashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 16 dekabrdagi 01-03-15/1138-son ma’lumotnomasi). Natijada temuriylar davri adabiy muhitining o‘ziga xos tasvirlarini, ularning poetik an’analarini izchillik bilan davom ettirish hakidagi tushunlarga teranrok yondoshish uchun zamin hozirladi.