Xatamova Ra’no Zafarjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda suv xo‘jaligi va irrigatorlar tayyorlash ishi tarixi (XX asr)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar878.
Ilmiy rahbar: Ernazarov Fayzullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Ahmadjon Xuvaevich, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Komilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda shakllangan suvdan foydalanish va irrigatorlar tayyorlash an’analari, bu sohada XX asrda amalga oshirilgan innovatsion o‘zgarishlar tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mamlakatimizda madaniy dehqonchilik markazlarining paydo bo‘lishi, sun’iy sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi, irrigatsiya inshootlarining barpo etilishi hamda asrlar davomida shakllangan suv xo‘jaligining sug‘orish, zax qochirish melioratsiyasi, sho‘rlangan erlarni rekul`tivatsiya qilish, er-suv resurslari muhofazasiga oid tarixiy faktlar asosida yurtimizda irrigatorlar tayyorlash an’analarining bardavomligi qadimgi davrdan tarixan shakllanib, bosqichma-bosqich rivojlanganligi isbotlangan;
sovet davrida O‘zbekiston suv xo‘jaligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv tanqisligi, ekin maydonlarining unumdorligi pasayishi va sizot suvlarining ko‘tarilishi kabi salbiy oqibatlarning oldi olinmaganligi hamda suv islohotlarining samarali olib borilmaganligi natijasida ekologik tanazzulning yuzaga kelganligi, suvdan foydalanish va unga mos kadrlar tayyorlashga e’tiborning kamligi soha taraqqiyotini etarli darajada sustlashuviga olib kelganligi dalillangan;
O‘zbekistonda XX asr oxirida suv xo‘jaligini jadal rivojlantirish hamda irrigator kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash borasidagi islohotlarning amaliyotga tadbiq etilgan ijobiy natijalari ko‘rsatilib, qishloq va suv xo‘jaligi, irrigatsiya va melioratsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy omillarini optimallashtirishga xizmat qiladigan ilmiy-uslubiy  tavsiyalar ishlab chiqilgan;
XX asrning 90-yillarigacha er va suv resurslaridan foydalanishning uzluksiz o‘sib borishi oliy va o‘rta bo‘g‘in irrigator kadrlarini tayyorlash zaruratini keltirib chiqarganligi, O‘zbekistonning birinchi irrigatori sifatida Sayfiddin Maqsudxadjaev  faoliyat yuritganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrda O‘zbekiston suv xo‘jaligi va irrigatorlar tayyorlash ishi mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda asrlar davomida shakllangan suv xo‘jaligining tarixiy asoslari va kanallar, suv omborlari hamda boshqa gidrotexnik inshootlari xaritasiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish to‘g‘risida”gi 204-f-son farmoyishiga asosan ishlab chiqilgan 424 ta xaritani o‘z ichiga jamlagan 2 tomdan iborat O‘zbekiston Milliy atlasi yaratilishida, 1-tomining “Tabiiy sharoitlari va resurslari” bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi huzuridagi Kadastr Agentligining “Kartografiya” Davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 2021 yil 22 fevraldagi 01-685/723-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ongida suv inshootlari tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonga xos suv xo‘jaligi an’analari va irrigatorlar tayyorlash sohasidagi innovatsiyalarning XX asrga xos xususiyati va oqibatlarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Daverloyiha” ilmiy-loyihalash institutida faoliyat olib borayotgan doktorantura bo‘limidagi tadqiqotchilar uchun sug‘orish suvlaridan samarali foydalanishga qaratilgan er tuzilishi loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy manbaa sifatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Daverloyiha” ilmiy-loyiha institutining 2021 yil 18 martdagi 72-01/17-305-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh tadqiqotchilar ongida O‘zbekiston suv xo‘jaligi ishi bo‘yicha innovatsiyalar haqidagi tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda suv xo‘jalik xodimlari va irrigatorlar tayyorlash an’analari, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda shakllangan tushuncha va tamoyillarning ilmiy mazmun mohiyati, O‘zbekistonga xos jixatlarini ko‘rsatish, XX asr oxirida O‘zbekistonda suv xo‘jaligi xodimlari va irrigatorlar tayyorlash sohasidagi yangilanishdagi natijalar, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanali “Ochiq dars” va “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali unitar korxonasining 2021 yil 18 avgustdagi 02-40-1336-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarga XX asrda suv xo‘jaligi va irrigatorlar tayyorlash an’analari tarixi hamda ob’ektiv ma’lumotlar etkazib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi suv sivilizatsiyasining tabiiy-tarixiy asoslari va irrigatorlar tayyorlash an’analarini ilmiy asosda o‘rganish, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda shakllangan tushuncha va tamoyillarning ilmiy mazmun-mohiyatini ochib berishda, XX asr oxirida O‘zbekistonda suv sivilizatsiyasi tamoyillari va irrigatorlar tayyorlash sohasidagi yangilanishlarning natijalarini ko‘rsatish, bugungi kunda ushbu sohadagi innovatsiyalar jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy axborot agentligi “ilm-fan”, “tarix”, “siyosat”, “jamiyat”, ruknlari ostida berilgan bir qator materiallarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy axborot agentligining 2021 yil 27 martdagi 27-son ma’lumotnomasi). Natijada mutolaachilar uchun Yangilanayotgan O‘zbekistonda suv xo‘jaligi va irrigatsiya tizimidagi innovatsiyalar xaqida ma’lumot berishda xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish