Tursunqulov Elmurod Azzamqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2021.4. PhD/Ped393.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b;
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari va aholining yurish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi salomatligini mustahkamlashda turli yosh toifalarini hamda funksional holatini inobatga olib turli mikrotsikllarda standart vaqt meyorlari oralig‘ida yurish jadalligini o‘zgartirmasdan bir ma’romda tempini ushlab turish hisobiga to‘rt blokli tabaqalashtirilgan bardoshli yurish (o‘rta tezlikda, o‘rta tempda yurish, sportcha yurish so‘ngra bir daqiqa sokin yurish, teng navbatlash) tizimi ishlab chiqilgan;
jismoniy zaif va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun tana qismlari harakat uyg‘unligini simmetrik rivojlanishi uchun mushaklar tonusining holati bo‘yicha mustahkamlovchi hamda bo‘shashtiruvchi mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga bardoshli o‘rta tezlikda yurish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
aholining barcha yosh toifalari uchun er sathiga nisbatan tekis, notekis, baland va pastlikda qadamlar soni va yurish tezligidagi harakat traektoriyasini umumiy og‘irlik markazini saqlash evaziga bel mushaklarini statik va oyoq mushaklarini dinamik tartibda yurish harakatlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
aholi salomatligini mustahkamlash uchun piyoda yurish masofasi hamda vaqt me’yorlaridan kelib chiqib sarflangan energiya va yurak qisqarish soniga nisbatan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uy sharoitida tizzada bajariladigan mashqlarni tabaqalashtirilgan mashg‘ulot blokini ishlab chiqish evaziga o‘z-o‘zini boshqarish mehanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining harakat faolligini oshirish uchun funksional holatini inobatga ishlab chiqilgan o‘z-o‘zini boshqarish tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2020 yil 30 iyundagi 4-son qaroriga asosan 275-raqamli guvoxnomasi). Natijada jismoniy holati bo‘yicha piyoda yurish turlari orqali aholining salomatlik darajasi samaradorligi 13-14% ga yaxshilangan;
jismoniy zaif va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun tana qismlarini harakat uyg‘unligini simmetrik rivojlanishi uchun mushaklar tonusining holati bo‘yicha mustahkamlovchi hamda bo‘shashtiruvchi yurish mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga bardoshli o‘rta tezlikda yurish (qadamlar soni, yurish masofasi, vaqti) Samarqand viloyatining jismoniy zaif aholisiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 03-07-08-424-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy zaif hamda imkoniyati cheklangan shaxslarning salomatlik darajasi 8-10% ga yaxshilangan;
aholining barcha yosh toifalari uchun er satxiga nisbatan tekis, notekis, baland va pastlikda yurish turlarini, bosqichma-bosqich samarali amalga oshirish hamda aholi salomatligi mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yurish mashg‘ulotlari Samarqand viloyati aholisiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 03-07-08-424-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi o‘rtasida kam xarakatlilikning 12-13 % ga kamayishiga erishilgan;
aholi salomatligini mustaxkamlash uchun piyoda yurish masofasi hamda vaqt me’yorlaridan kelib chiqib sarflangan energiya va yurak qisqarish soniga nisbatan, tabaqalashtirilgan mashg‘ulotlar blokini ishlab chiqish evaziga uy sharoitida bajarish o‘zini boshqarish imkoniyati bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish”nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2020 yil 30 iyundagi 4-son qaroriga asosan 275-raqamli guvoxnomasi). Natijada, barcha tumanlarda yashovchi aholining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi 12% ga oshgan.