Sattarova Elena Anatol`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Evfemizmlar tipologiyasi va leksikografik tadqiqi masalalari (rus va o‘zbek tillari materiallari asosida”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil995.
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan evfemizmlarni tipologik xususiyatlarini, evfemizmlarning nutqdagi ahamiyatini belgilash, ularni leksikografik qayd etish mazmunini aniqlash hamda rus va o‘zbek xalqlarining milliy-madaniy xususiyatlariga asoslangan evfemizmlarni tematik va funksional-semantik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tadqiqiy yondashuvlardan kelib chiqib o‘rganiladigan tillarda so‘zlashuvchilarning nutq muomalasi tarkibida milliy-madaniy hushmuomalalikning funksional-semantik o‘xshashliklari (rus. evf. “sozrel(a)”, “pospel” – o‘zb. evf. “bo‘yga etmoq”, “bo‘yi etib qolmoq”, “bo‘yi etmoq”, “katta qiz bo‘lib qolmoq” jismoniy balog‘atga etmoq o‘rniga ishlatiladi) va tafovutlarning (rus. evf. “zolotaya osen`” (oltin kuz), “osen` jizni” (hayot kuzi) – o‘zb. evf. “bahori o‘tmoq”, “bahori tugamoq” qarilik o‘rniga ishlatiladi; “soqoli ko‘ksiga tushmoq” (“boroda do grudi” rus tilida disfemizm hisoblanadi) evfemistik leksika tipologiyasi aniqlangan;
rus va o‘zbek tillarida evfemistik ma’nolar mezonlarini va paydo bo‘lish usullari rus va o‘zbek tillarining amalga oshirishning lingvistik xususiyatlari belgilanib, ularning samarali hosil bo‘lish (sinonimiya, o‘zlashmalar, semantik siljishlar, evfemizmlarni shakllantirishning rasmiy usullari, so‘z qo‘shish, affiksal so‘z yasash, onomatopeya, inisial qisqartma, turli stilistik troplar va shakllar) yo‘llari aniqlangan;
evfemizmlarning rus-o‘zbek tillari izohli akademik lug‘atlari negizida ushbu til hodisasi lug‘atlarda qayd etilgan va qabul qilingan an’anaviy evfimizmlar bilan farqlanuvchi beadab so‘zlarning yangi so‘zlar bilan almashinishi aniqlangan;
evfemizmlarning ikki turli tizimli tillardagi milliy-madaniy va etnomadaniy belgilari aniqlashtirilib, xalqning lisoniy-madaniy xususiyatlari tuzilgan hamda uning nutq strategiyasini ifodalovchi vosita ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tallari evfemizmlarini tipologik va leksikografik tadqiqot etish masalalarini tahlil etish jarayonida olingan va ishlab chiqilgan tamoillari quyidagi loyihalarga tadqiq etilgan:
turli tadqiqiy yondashuvlardan kelib chiqib o‘rganiladigan tillarda so‘zlashuvchilarning nutq muomalasi tarkibida milliy-madaniy hushmuomalalikning funksional-semantik o‘xshashliklarini aniqlash yuzasidan olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan “OT-Atex-2018-519 kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslar Web-ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 07 iyuldagi 1461/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalarni joriy qilish va virtual resurslar asosida yaratilgan dasturiy ta’minot xulosalarini aniqlash orqali amaliyot faoliyatini olg‘a surish imkoni yaratilgan;
evfemizmlarning rus-o‘zbek tillari izohli akademik lug‘atlari negizida ushbu til hodisasi lug‘atlarda qayd etilgan va qabul qilingan an’anaviy evfimizmlar bilan farqlanuvchi beadab so‘zlarning yangi so‘zlar bilan almashinishi to‘g‘risidagi qarashlardan Surxondaryo viloyati davlat arxivi ish faoliyatida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati Davlat arxivining 2021 yil 1 apreldagi S-87-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalaniladigan materiallar tadqiqotchilar tomonidan arxiv hujjatlari bilan ishlashda rus va o‘zbek nutqi madaniyatining til xususiyatlarini o‘rganish (tarix, tilshunoslik, o‘lkashunoslik, arxeologiya) jarayonining takomillashishiga, arxivlar uchun mijozlar bilan rus tilida ishlashga, shaxsiy fondlar arxiv hujjatlari bilan ishlashga yordam bergan;
o‘zbek va rus tillari evfemizmlarini tipologik va leksikografik tadqiqilish masalalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xulosalardan “Zamonaviy yoshlar o‘rtasida nutq madaniyati va uning rivojlanishi” sarlavhali dasturni yaratishda Surxondaryo viloyati rus madaniy markazida qo‘llanilgan (Surxondaryo viloyati rus madaniy markazining 2021 yil 15 maydagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dastur zamonaviy yoshlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi tizimining samaradorligini oshirishga yordam bergan;
rus va o‘zbek tillarining evfemizmlarida belgilangan milliy-madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Evfemizmlar tipologiyasi va leksikografik tadqiqi masalalari (rus va o‘zbek tillari materiallari asosida)” mavzusiga bag‘ishlangan tegishli til materiallari Surxondaryo viloyati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida “Til-millat ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Teledars” kabi muntazam olib borilgan teleko‘rsatuvlarda qo‘llanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 maydagi 01-01/60-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvda tayyorlangan materiallarda rus va o‘zbek tillari evfemizmlari tufayli katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega nutq madaniyatining milliy-madaniy xususiyatlarini ifodalovchi o‘ziga xos xususiyati alohida ta’kidlangan.