Najmiddinova Gulnoza Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini tabaqalashgan yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish» 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped 872.
Ilmiy rahbar: Ruzieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Ismadiyarov Yashin Utkurovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzieva Muxabbat Xakimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limga tabaqalashgan yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning individualligini, variativ va guruhiy ish shakllarining qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini hisobga olish asosida tabaqalashgan yondashuvni tatbiq etish orqali bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish jarayonlari bosqichlari va pedagogik shartlari aniqlashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarning mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishning nafaqat tashqi ob’ektga, balki shaxsiy kognitiv jarayonlarga bevosita bog‘liq ekanligini empirik asoslash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishning metakognitiv tuzilmasi maxsus dialektik aqliy harakatlari aniqlashtirilgan;
atrof-muhit bilan aloqani o‘rnatish, muloqotga kirishish vositasi sifatida kommunikativlik, til tizimlarini taqqoslash bilan bog‘liqlikda situativlik, lug‘at boyligini oshirish, tinglash va gapirish madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik mashg‘ulotlar hamda tarbiyaviy tadbirlar integratsiyasini ta’minlash orqali tabaqalashgan yondashuv asosida bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
rasmlar asosida bolalar bilan suhbat o‘tkazish, idrok etish tizimi bo‘yicha bolalarni bayon qilishga o‘rgatish, dialogik, grammatik, monologik nutq, idrok va xotirani rivojlantirishga doir adaptiv keys topshiriqlarini ishlash orqali tabaqalashgan yondashuv asosida bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishning Imagination (“Tasavvur qil”) va “Tolking and play” (“So‘zla va ijro et”) texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabaqalashgan yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning individualligini o‘rganish, variativ va guruhiy ish shakllarining qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini bevosita hisobga olish, tabaqalashgan yondashuvni tatbiq etish orqali bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish jarayonlari bosqichlari va pedagogik shartlarini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Bolalarni nutqini o‘stirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-154-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarbiyalanuvchilarning mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishning nafaqat tashqi ob’ektga, balki shaxsiy kognitiv jarayonlarga bevosita bog‘liq ekanligini empirik asoslash, maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishning metakognitiv tuzilmasi maxsus dialektik aqliy harakatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Bolalar nutqini o‘stirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-154-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda metakognitiv strategiyalarni samarali qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
atrof-muhit bilan aloqani o‘rnatish, muloqotga kirishish vositasi sifatida kommunikativlik, til tizimlarini taqqoslash bilan bog‘liqlikda situativlik, lug‘at boyligini oshirish, tinglash va gapirish madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik mashg‘ulotlar hamda tarbiyaviy tadbirlar integratsiyasini ta’minlash orqali tabaqalashgan yondashuv asosida bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish modelini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Maktabgacha pedagogika” (Doshkol`naya pedagogika) nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-175-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
rasmlar asosida bolalar bilan suhbat o‘tkazish, idrok etish tizimi bo‘yicha bolalarni bayon qilishga o‘rgatish, dialogik, grammatik, monologik nutq, idrok va xotirani rivojlantirishga doir adaptiv keys topshiriqlarini ishlash orqali tabaqalashgan yondashuv asosida bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Maktabgacha pedagogika” (Doshkol`naya pedagogika) nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-175-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.