Axmadiev Nuriddin Muxutdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy rivojlanish va yoshlar axloqiy madaniyatining shakllanishida keksa avlodning roli», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal315.
Ilmiy rahbar: Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Sodiqova Shohidaxon Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Mirzaxmedov Abdirashid Mamasidikovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy rivojlanish kontekstida yoshlar axloqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida keksa avlod rolini ijtimoiy falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning yangi rivojlanish strategiyasida nuroniylarning alohida demografik qatlam sifatidagi faoliyati orqali yoshlarga vorisiylik asosida qadriyatlarni singdirish, ularni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish va safarbar qilish, axloqiy kamolotida o‘rnak bo‘lish vazifalari asoslangan;
jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida keksa avlod vakillarining oqilona skeptizmidan foydalanish orqali ijtimoiy o‘zgarishlarning kutilmagan natijalarini baholashda, tajribalar orttirishda va qadriyatlarni qadrsizlashishi orqali yuzaga kelayotgan xavf-xatarlardan axloqiy qadriyatlarni mustahkam singdirish asosida asrash mumkinligi isbotlangan;
keksa avlod vakillaridagi qadriyatlarga nisbatan konservativ munosabat global o‘zgarishlar fonida namoyon bo‘layotgan ul`traliberal va destruktiv jarayonlarga qarshi kurashda mafkuraviy omil bo‘lib xizmat qilishi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
ijtimoiy o‘zgarishlar jarayonida keksa avlodning aksiologik orientatsiyasiga qarama-qarshi ravishda namoyon bo‘ladigan yoshlarning yangicha qarashlari, yashash tarzi va axloqiy dunyoqarashiga oid liberal yondashuvlari o‘rtasidagi dialektik aloqa natijasida jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy rivojlanish va yoshlar axloqiy madaniyatini yuksaltirishda keksa avlodning vazifalariga oid olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari;
keksalik fenomeniga ijtimoiy-falsafiy yondashilganligi sababli jamiyatda nuroniylarning alohida demogarfik qatlam sifatidagi faoliyati rahbarlik qilish, yo‘naltirish va safarbar qilish xususiyatiga ega ekanligiga oid tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-sonli «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qaroriga asosan, “Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda, “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” kabi mavzularda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 17 sentyabrdagi 02/07-786-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarning axloqiy madaniyati shakllanish jarayonining o‘sishiga, ularning ijtimoiy maqsadga mo‘ljallangan tadbirlarda faolligi oshirilishiga erishilgan;
ijtimoiy taraqqiyotning barqaror rivojini ta’minlash va mavjud yutuqlarni saqlab qolish uchun keksa avlod vakillarining oqilona skeptizmidan foydalanish o‘zgarishlarning kutilmagan xavf-xatarlaridan asrashi mumkinligiga doir tavsiya va takliflardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘limi faoliyatida, jumladan, boshqarmaning 2020 yilgi ish rejasining yoshlar bilan ishlashning innovatsion asoslarini rivojlantirishga mo‘ljallangan qismini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02-04/920-son dalolatnomasi). Natijada keltirilgan va xulosa qismida bayon qilingan tavsiyalarning amaliyotda qo‘llanilishi Vazirlik faoliyatida samarali foydalanilgani yoshlarning axloqiy madaniyatini shakllantirish jarayonini yangi rivojlanish bosqichi talablariga mos ravishda tashkillashtirishga xizmat qilgan;
hozirgi ijtimoiy taraqqiyot bosqichida yoshlarning axloqiy madaniyatini yuksaltirishda keksa avlodning o‘rni va ijtimoiy ahamiyatiga oid xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yilning 1-choragi uchun mo‘ljallangan ish rejasining yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda, xususan, “Buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish oyligi”, “Milliy qadriyatlarni ardoqlash oyligi”ini tashkil etishga doir 13-bandi, muhim sanalar munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishga doir 14-bandini ishlab chiqishda foydalanildi. Muallifning keksa avlod imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida keltirilgan keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish hamda «Keksalar haftaligi»ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining 2020 yil 21.sentyabrdagi 04-13/2348-son dalolatnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlarda keksa avlod imkoniyatlaridan foydalanish yoshlarning ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishiga erishilgan;
ijtimoiy o‘zgarishlar jarayonida keksa avlodning aksiologik orientatsiyasiga qarama qarshi ravishda namoyon bo‘ladigan yoshlarning liberal yondashuvlari o‘rtasidagi dialektik aloqa natijasida jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga doir mulohaza va takliflardan O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyatida, shuningdek, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, boy hayotiy tajribasidan yoshlar tarbiyasida keng foydalanish, keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi xulosalaridan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetalarda maqolalar, radio dasturlarida lavhalar tayyorlash, tahririyatlar ish rejasini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 16/276-son ma’lumotnomasi). Natijada keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni OAVda muhim mavzular bilan yoritilishiga erishilgan.