Mamirova Dilnoza Shirinboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek reklama matnlarining sotsiolingvistik xususiyatlari”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil940.
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Temirov Sherali Abdixalilovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reklama matnlarining etnosotsiolingvistik tabiatini va kommunikativ jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqoting ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi reklama matnlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, savdo va tadbirkorlik jarayonida so‘zlovchi – matn – tinglovchidan iborat uchlik asosida tanlangan so‘zlarning uslubiy chegaralanganligi, chaqiriqlarning ahamiyati, reklama matnlari orqali axborot etkazishning verbal (so‘z, lisoniy vositalar) va noverbal (imo-ishora, har-xil belgi, nishona, ramz, simvol) vositalarining etnosotsiopragmatik xususiyatlari ochib berilgan;
reklama matnidagi adresant va adresat munosabatining lisoniy va nolisoniy xususiyatlari hamda kognitiv-semantik jihati pragmatik mazmunni aniqlashtiruvchi nutqiy ta’sir etish vositalaridan bo‘lgan fe’llarni ochib berishda buyruq, iltimos, va’da, ogohlantirish, minnatdorlik kabi mazmuniy shakllar lokutiv, illokutiv va perlokutiv nutqiy akt tamoyillari asosida muvaffaqiyatli bajarilishi aniqlangan;
reklama matnlarida shaxs omili masalasi, ya’ni uni idrok etuvchi shaxs-tinglovchi yoki o‘quvchi omili asosida reklama matnlarining lingvistik va ekstralingvistik vositalar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy reklama diskursida maqsadga yo‘naltirilgan til birliklari orqali segment va parsellyasiv qurulmalarning diskursiv-pragmatik xususiyatlari dalillangan;
reklama matnlarini ixtisoslashgan kommunikativ funksiyalar, til birliklaridan maqsadli foydalanishda milliy mentalitet va ijtimoiy hayotga ko‘proq e’tibor berish, yosh avlod tarbiyasi va ularning savodli bo‘lishida reklamaning ta’siri masalasi, milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi reklama matnlarining sotsiolingvistik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
reklamaning dastlabki ko‘rinishlarida mifologik obrazlardan foydalangan holda suratlar yordamida kommunikativ aloqaga kirish xususiyatlari nazariy jihatdan asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan 2012-2016 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 29 iyuldagi 17.01/167-son ma’lumotnomasi). Natijada, reklama tilini so‘z san’atining badiiy namunasi sifatida ham e’tirof etish lozimligi ta’kidlangan o‘rinlar mifologik obrazlarning taraqqiyoti masalasiga oydinlik kiritishga xizmat qilgan;
reklama tilining umumxalq tilida mavjud bo‘lgan lug‘aviy vositalarni o‘zida aks ettirib, til vositalarining ijtimoiy ma’no ifodalovchi ko‘lamini ko‘rsatuvchi, uning dastlabki va rivojlantiruvchi yo‘llarini belgilab beruvchi manba ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi FA-F1-OO5 raqamli fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 29 iyuldagi 17.01/167-son ma’lumotnomasi). Natijada, reklama matnlarida uchraydigan fol`klorshunoslik namunalaridan bo‘lgan maqol va topishmoq ko‘rinishidagi reklamalarning xalq orasida ommalashishining sabablari ko‘rsatilgan mulohazalarni ilmiy jihatdan dalillashga xizmat qilgan;
o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, ish hujjatlarini davlat tilida yuritishning afzal jihatlari xususida, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi 5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbilari to‘g‘risida” hamda 2020 yil 20 oktyabrdagi 6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Samarqand viloyat hokimligi Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha bo‘limining 2021 yil 18 maydagi 12-12/453-son ma’lumotnomasi). Natijada, savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga nom berishda, tashqi yozuv, peshlavha, reklama va e’lonlar hamda tovar va xizmat ko‘rsatish belgilarida davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq keladigan so‘zlardan foydalanishda yordam berishga xizmat qilgan;
reklama sohasida funksional jihatdan yetakchi terminlar vazifasini bajarayotgan so‘zlar izohini yoritish maqsadida “Reklama terminlarining izohli lug‘ati” tuzilgan (ISBN 978-9943-6273-6-9). Natijada reklamalarga oid terminlar bazasi yaratilib, o‘zbek tili milliy korpusi uchun lingvistik ta’minot shakllantirilgan;
reklama nafaqat mahsulotni targ‘ib qiluvchi vosita, balki ishlab chiqarishdagi muayyan yutuqlarni namoyish etuvchi, aholiga ma’lum ma’noda axborot etkazuvchi, insonning ruhiy-intellektual holatiga tez ta’sir etuvchi omil ekanligiga oid xulosalari va taklif-tavsiyalaridan “O’zbekiston” teleradiokanalining “Millat va ma’naviyat”, “Xizmat va sifat” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 iyundagi 04-25-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlar orasida til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuning mukammallashishiga xizmat qilgan.