Islamova Dinara Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy asar tilidagi transpozitiv so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil684.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: O‘rinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori; Tojiev Olimjon Mo‘ydinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning milliy-madaniy manzarasi va uni badiiy matnda reprezentatsiyalovchi transpozision til birliklarini funksional-semantik va kognitiv-lingvomadaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tiliga xos olamning lisoniy manzarasi hamda olamning badiiy manzarasining muhim lisoniy, lingvomadaniy va lingvokognitiv parametrlari aniqlanib, OLM va OBM o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning narsa-belgi-hodisa birligi shaklidagi tafakkuriy hamda uning tildagi tushuncha-konsept-til shaklidagi ma’noviy jihatlari ochib berilgan;
olamning badiiy manzarasi hamda badiiy matnning lingvopoetik, funksional-semantik, leksik-grammatik va uslubiy xususiyatlari hamda badiiy matnda olamning milliy manzarasini tasvirlashning lisoniy va nutqiy mexanizmlari aniqlangan;
so‘z turkumlarining badiiy matndagi konseptual axborotning ifodalashidagi semantik, uslubiy va leksikologik salohiyati, transpozitiv so‘zlar orqali ifodalangan konseptlarning olamning badiiy manzarasini voqelanishdagi informativ jihatdan moddiylashishi, estetik jihatdan aktuallashishi, pragmatik jihatdan individuallashishi va axloqiy-etik me’yorlashishi dalillangan;
nasriy va she’riy badiiy matnlarda olamning milliy-madaniy manzarasini ifodalovchi substantiv, ad’ektiv, numerativ, pronominativ, adverbial, verbal, essiv vazifada kelgan transpozitiv birliklar aniqlanib, transpozision so‘z qo‘llashning uslubiy va funksional-grammatik hodisa sifatidagi lisoniy qiymati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnda til birliklarining transpozitiv qo‘llanilishini kognitiv va lingvomadaniy tahlil qilish natijasida qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy natijalar asosida:
fol`klor va yozma adabiyotdagi ijodkorlar badiiy mahoratini belgilashda ularning lisoniy salohiyati parametrlarini hisobga olish, til ifoda-tasvir vositalari va leksik-semantik boyliklarini o‘zlashtirishga oid xulosalardan FA-F1-GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar tadqiqot institutining 2021 yil 15 iyuldagi 17.01/165-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy an’analar orqali tajriba va badiiy mahoratni oshirish yo‘l-yo‘riqlari haqidagi nazariy fikr va amaliy tavsiyalardan, badiiy asar matnida ko‘chimlar va transpozitiv qo‘llashning asarning badiiy-estetik xususiyatlariga ta’sirini aniqlanganligi loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
transpozitiv ifoda-tasvir vositalari hamda so‘z qo‘llash ijodkor individual badiiy nutqi hamda uslubining ko‘rsatkichi sifatida belgilashga oid xulosalaridan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar tadqiqot institutining 2021 yil 12 iyuldagi 17.01/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar uch mashhur o‘zbek adiblari asarlari tili tahlili namunalari doirasida ijodkor individual mahorati bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
tadqiqot xulosalaridan Turkiya Respublikasi Firat universiteti “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar” kafedrasida “Çağdaş Özbek Edebiyatı”, “Özbek Türkçesi Grameri” fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Firat universiteti “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar” kafedrasining bu xususda berilgan tegishli ma’lumotnomasi). Natijada kafedrada o‘tilayotgan o‘zbek tili va adabiyoti fanlarining dars sifati oshgan, talabalarning dars materiallarini o‘zlashtirilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati va tadbirlarida, jumladan, badiiy ijod kishisining lisoniy va ijodiy salohiyati hamda mahorati, ularni shakllantirish yo‘l-yo‘riqlari haqidagi tushuncha va tasavvurlardan ijodiy seminar va munozaralarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Boshqaruvining 2021 yil 27 iyuldagi 01-03/95-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchilar uyushmasida ijodkor yoshlar bilan ishlashda qo‘l kelgan, ijodkorlarning badiiy mahorati hamda lisoniy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.