Zaripov Nozimbek Nayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda dasturlash muhitidan foydalanish metodikasini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.1.PhD/Ped2410.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Daminov Mirzoxid Islomovich, pedagogika fanlari nomzodi,  dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda dasturlash muhitidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini dasturlash muhiti bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning motivatsion, hamkorlikda o‘qitish, integratsion, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini rivojlantirish kabi pedagogik shart-sharoitlar mantiqiy fikrlash, dasturlar tuzish, ularni kompyuter yordamida amalga oshirish orqali aniqlangan; 
o‘quvchilarga Delphi dasturlash muhitini o‘qitishda dars mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi Access, Excel, Word, Adobe Reader kabi amaliy dasturlarga Delphi ilovasidagi ma’lumotlarni eksport va import qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga Delphi dasturlash muhitini o‘qitish modeli va kompetensiyalar mazmuni o‘yin dasturlari, trenajer dasturlari, ko‘rgazmali, mul`timedia vositalarini optimallashtirish, dasturlash muhitida ilovalarni konstruksiyalash asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning Delphi dasturlash muhitidan foydalanish hamda ta’lim natijalarini baholash samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi “Komponentalar bilan ishlash texnologiyasi”, “Mustaqil murakkab dasturlarni virtual elektron ishlanmalar” kabi elektron manbalaridan foydalanish yuzasidan dars jarayonida foydalanish uchun mashqlar to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini samarali o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish jarayonida Delphi dasturlash muhitidan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik ko‘rsatmalar “informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv kurslari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 03-02/3-2341-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari faniga oid muammoli misol va masalalar echimi, dasturlash tillarini o‘rganishga doir video darslar orqali maktab o‘qituvchilari bilan ijodiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga dasturlash muhitini o‘qitish jarayonini amalga oshirish bosqichlari, o‘quvchilar bilimini baholash uchun dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish hamda ilmiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflardan “Delphi dasturlash muhitida komponentlar bilan ishlash texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 03-02/3-2341-son ma’lumotnomasi) hamda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi loyihalarida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 04-04/01-589-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga va dars mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda o‘quvchilarda kompyuter grafikasiga doir bilimlarini oshirish, dasturiy muhitda yaratiladigan dasturni bezash, unga rasm joylashtirish, chizmalarni loyihalash va modellashtirishga doir tavsiyalardan “Kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-361-raqamli guvohnoma) hamda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F4-02 “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 06 iyuldagi 01-04/01-304-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga dasturlash muhitini o‘qitishda kompyuter grafikasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish