Jo‘raev Tuychi Norbo‘taevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar asosida talabalar o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirish metodikasi (ta’limda axborot texnologiyalari fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2241.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Uzakov Zair Uzakovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni raqamli ta’lim texnologiyalari va bulutli dasturlash servislaridan foydalanib o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirish muammolari va pedagogik-psixologik aspektlari zamonaviy kasb buyurmachining ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniqlanib, raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro munosabatda manipulyativ, imperativ, ludomaniya, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlash, xulosalash kabi asoslarning professiogrammaga integrativ ta’siri aniqlashtirilgan;
raqamli texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish darajasini belgilovchi indikatorlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun vizual dasturlash muhiti orqali dinamik onlayn veb-platforma va interfaol mobil ilovalar ishlab chiqilgan hamda o‘quv-biluv faoliyat takomillashtirilgan;
o‘qitishda ta’lim turlarining asinxron va sinxron qo‘llanilishi, interfaol baholashning avtomatik, haqqoniylik, integrativlik, motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlarining mobil ta’limdagi didaktik sintez imkoniyati ta’limiy axborotlarni modernizatsion shakllar orqali takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanishning kompetensiyaviy yondashuv darajasini shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari strategik prognozlash va ko‘rsatkichlardan foydalanishning ergonomik, didaktik, metodik talablarini o‘zaro qiyosiy integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalariga kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish maqsadida an’anaviy, masofaviy va mobil ta’lim turlaridan sinxron foydalanishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” va Qarshi davlat universitetining AIF 2/17-“O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” (“MT+TBB 18” modeli) (2019-2021 yy.) mavzudagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 02 avgustdagi 176/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fanlar bo‘yicha raqamli ta’lim ilovalarini yaratish hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
raqamli texnologiyalar asosida talabalar o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirishga va raqamli ta’limni kasbiy faoliyatda joriy etishga oid ijodiy-kommunikativ ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirishga oid ilmiy xulosalar asosida ishlab chiqilgan o‘qitish metodikasi “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-155-son guvohnomasi). Natijada mazkur qo‘llanma bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qo‘llashga oid kompetensiyalarini takomillashtirish imkonini bergan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetensiyasini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonida mobil ilovaning bulutli xizmatlardan foydalanish metodikasi “Informatika o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-152-son guvohnomasi). Hatijada o‘quv jarayonida mobil ta’limning bulutli xizmatidan kasbiy faoliyatda samarali foydalanish imkonini bergan.