Jobborov Farxod Bo‘rievich
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda kimyo fanidan tayanch ko‘nikmalarni shakllantirishda axborot modellaridan foydalanish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2021.3PhD/Ped1801.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Sobir Turdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped 70.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qaxxor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo fanini o‘qitishda kimyoviy axborot modellaridan foydalanish metodikasi asosida o‘quvchilarning umumiy ta’lim tayyorgarligi sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda didaktik axborot modellarining belgili, verbal va virtual shakllaridan foydalanish malakalarini kognitiv, funksional rivojlantirish hamda amaliy faoliyatda refleksiya qobiliyatining funksional komponentlarini axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash orqali falsafiy, psixologik va pedagogik aspektlar aniqlashtirilgan;
kimyo ta’limining tashkiliy-funksional modelining bosqichlari, metodlari va vositalari kabi komponentlari ta’lim sharoitida muhim bo‘lgan va o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyatiga aloqador kimyoviy birikmalar tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini aks ettirish asosida takomillashtirilgan;
kimyo fanining umumiy tushunchalarini o‘quv axborot modellari ko‘rinishiga mazmuniy, metodik transformatsiya qilish orqali o‘quv kursining mazmuni va tabiiy fanlar bilan integrativligini nazariy-metodik ta’minlash va o‘quvchilarning mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish metodikasining tarkibiy-mazmunli xususiyatlari hamda kimyoviy modellarning didaktik funksiyalari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kimyo fanidan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning axborot modellarini konstruksiyalashning modellashtiruvchi va shakllantiruvchi bosqichlari asosida umumiy kimyoviy ko‘nikmalarni shakllantirishning komponentli, integrallashgan, funksional darajalari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda kimyo fanidan tayanch ko‘nikmalarni shakllantirishda axborot modellaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kimyoviy ob’ekt, jarayon va hodisalar va xususiyatlardan kasb-hunarga oid bilimlarni sintezlash asosida kimyo fanini o‘rganish jarayonida “Axborot model”lari tushunchasini amaliy faoliyatga tatbiq etishga doir takliflari AIF-2/15-“O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 15 oktyabrdagi 01/11-01/10-1481-son-ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarida “axborot model”lari tushunchasini kimyo fanini o‘rganishda samarali bilimlarga erishish imkonini bergan;
axborot ta’lim sharoitida muhim bo‘lgan va o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyatiga aloqador kimyoviy birikmalar tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarining o‘zaro a aloqadorligini aks ettirishga qaratilgan axborot modeliga oid tavsiyalari “O‘quvchilarda organik kimyo fanidan tayanch ko‘nikmalarni shakllantirishda axborot modellardan foydalanish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-090-sonli guvohnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘quvchilarda intellektual va axborot kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
kimyo fanining umumiy tushunchalar tarkibiy-mantiqiy tahlilini o‘quv axborot modellari ko‘rinishiga transformatsiya qilish orqali kimyo kursining mazmuni va tabiiy fanlar bilan integrativligi ta’minlash va o‘quvchilarning mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishda “Kimyo fanidan elektron darslik mobil ilova” nomli elektron qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 15 oktyabrdagi 01/11-01/10-1481-son-ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kimyo fanidan tayanch va universal ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini bergan.