Axmedov Ulug‘bek Baxodirovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqning kesilish jaroxatida miyacha chuvalchangi alohida bo‘lakchalarining morfologik parametrlarini o‘rganish» mavzusidagi 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib828.
Ilmiy rahbar: Israilov Rejabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD 04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Mukaddas Xoltaevna tibbiyot fanlari doktori;.Mirsharapov O‘tkir Mirsharapovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada orqa oyoq amputatsiyasidan keyin dinamikada miyacha chuvalchangi nishab, yaproq, tilcha bo‘lakchalarida qayta tiklanish, o‘rin to‘ldirish jarayonlariga xos morfologik o‘zgarishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
itlarda oyoq amputatsiyasidan keyin har xil davrlarda miyacha chuvalchangi nishab bo‘lagining qayta tiklanish va o‘rin to‘ldirish jarayonlariga xos morfologik o‘zgarishlar baholangan;
miyacha chuvalchangi yaproq bo‘lagi to‘qimasining oyoq amputatsiyasiga javoban morfologik o‘zgarishlar dinamikasi tizimlashtirilgan;
miyacha chuvalchangi tilcha bo‘lagi to‘qimasining oyoq amputatsiyasiga javoban morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini tahlil qilingan;
miyacha chuvalchangi nishab, yaproq va tilcha bo‘laklarida rivojlanadigan qayta tiklanish va o‘rin to‘ldirish jarayonlariga xos morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning paydo bo‘lish davri va reparativ regeneratsiyani namoyon qiluvchi jihatlarning asl mohiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoqning kesilish jarohatida miyacha chuvalchangi alohida bo‘lakchalarining morfologik parametrlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
oyoq amputatsiyasidan so‘ng miyacha chuvalchangi tilcha (uvula) bo‘lagining morfologik va morfometrik o‘zgarishlar bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoq amputatsiyasidan so‘ng miyacha chuvalchangi tilcha (uvula) bo‘lagining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 8n-d/86-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma amputatsiya opreatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarga, asoratlari kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zaruriy nazorat o‘rnatilishi va bemorlarning shifokorlar tomonidan berilgan tavsiyalarni to‘liq bajarishlarni ta’minlashga qaratilgan ko‘rsatmalar berish imkonini bergan.
Orqa oyoq amputatsiyasidan so‘ng itlarda miyacha chuvalchangi yaproq bo‘lagi po‘stlog‘ining ganglionar qavatini morfometrik o‘zgarishlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Orqa oyoq amputatsiyasidan so‘ng itlarda miyacha chuvalchangi yaproq bo‘lagi po‘stlog‘ining ganglionar qavatini morfometrik parametrlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 8n-r/444-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oyoq amputatsiyasidan keyingi reabilitatsiya va protezlashni sifatli tashkillantirish va kelajakda bemorlarni xayot tarzi sifatini yaxshilashda nazariy asos bo‘lib hisoblanadi.
Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va patologik anatomiya bo‘limi hamda Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi, shuningdek Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 8n-z/98-son hamda 2021 yil 2 iyuldagi 8n-z/219-son ma’lumotnomalari). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi miya chuvalchangi tilcha va yaproq bo‘laklari po‘stlog‘idagi morfometrik ko‘rsatkichlari tajriba dinamikasida o‘zgarishlarini aniqlashni imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish