Pulatova Rayxon Saidumarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parazitar invaziyali bemorlarda  surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit davosi samaradorligini klinik-laborator baholash», 14.00.21- Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib777.
Ilmiy rahbar: Xasanova Lola Emil`evna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Marat Ospanov nomidagi g‘arbiy Qozog‘iston davlat tibbiet universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gelmintoz invaziya bilan surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatiti mavjud bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlanishlari terapiyasining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gelmintoz mavjud bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitning klinik kechuvi OIB(ogirlik indeksini baxolash)  indeksi, qaytalanish chastotasi va og‘irligi bo‘yicha sub’ektiv va ob’ektiv og‘irligi aniqlangan;
gelmintoz negizida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit mavjud bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ida funksional holat yomonroq ekanligi isbotlandi, bu umumiy immun holati hamda mahalliy ixtisoslashmagan rezistentlikning IgA va IgG, sIgA, Ksb va lizotsim kabi ko‘rsatkichlarini kamayishi bilan bog‘liq, sial kislota, ishqoriy va nordon fosfataza darajasi ishonchli yuqori, bu kasallikning kechuvini og‘irlashishiga olib kelishi isbotlangan;
surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit mavjud bemorlarda gelmintoz invaziya mavjudligi ishonchli ravishda disbiotik siljishga olib kelishi aniqlanib, bu og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq qavatning mikrobiotsenoziga olib kelishi isbotlangan;
gelmintoz negizida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolanishida gelmintozga qarshi etiopatogenetik davolash qo‘llanishi kasallik qaytalanishlarining chastotasi va sonini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, uni samarali davolash va oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotdan olingan natijalar asosida:
parazitar invaziyali bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni erta tashxislash va uni uziga xos kechishini inobatga olgan xolda komleks davolash samaradorligini oshirish maksadida tadkikotning ilmiy natijalari asosida ishlab chikilgan “Gelmintozlar fonida SQAS ga ega bemorlarda stomatologik holatning o‘ziga xosliklari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 8n-r/694-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma gelmintozlar negizida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit mavjud bemorlarda stomatologik holatning o‘ziga xosliklarini aniqlash imkonini bergan;
surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitga tashxis qo‘yish va uni davolash samaradorligini oshirish maksadida ishlab chikilgan “Gelmintozga ega bemorlarda SQAS ni kompleks davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 8n-r/695-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolash imkonini bergan;
gelmintoz negizida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit kechuvi va uni davolashning o‘ziga xos xususiyatlarini natijalari Samarqand viloyat poliklinikalari hamda 3-son Toshkent shahar bolalar poliklinikasining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 8n-3/504-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy tadqiqotlarni klinika amaliyotiga tadbiq qilish natijalari bo‘yicha gelmintoz negizida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni davolash algoritmi ishlab chiqilgan, u qaytalanishlar sonini kamaytirish va remissiya muddatini uzaytirish hisobiga terapiyaning samaradorligini oshirdi, davolash davomiyligining kamayishi, davolash muddatlarining qisqarishiga olib keldi. Olingan natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit qaytalanishlarining sonini kamaytirib, kompleks davolashni tuzatish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish