Farmonova Shabon Muxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped.575.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassas anomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Bozorova Saodat Jamolovna, Navoiy konchilik instituti, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish asoslarini belgilash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion bosqichlari  loyihaviy ta’lim vositasida axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik kabi mezonlar kasbiy faoliyat tuzilmasi ichki darajalanish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish mazmuni va shakli kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda kasbiy kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik asoslari interfaol yondashuv asosida yaxlit tizim sifatida ishlab chiqilgan;
muammoli-integrativ yondashuv bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik kompetentligi ta’lim sifati «talabaning o‘zlashtirish darajasi professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni» taqqoslash, sintez, umumlashtirish, tizimlashtirish, induksiya, deduksiya, abstraktlash kabi kolloborativ ko‘rsatkich orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv bilish va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish «Benchmarking», «Total quality management», «blended learning», «Tuning» kabi muammoli vaziyatlar yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga doir tadqiqo tnatijalari asosida:
loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish hissiy–irodaviy, mazmunli–operatsion, motivatsion kabi kasbiy faoliyatga doir psixologik–pedagogik xususiyatlarga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 281–son buyrug‘ining 1–ilovasi bilan tasdiqlangan “Talaba–yoshlarning mafkuraviy immunitetini va g‘oyaviy bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89–03–3876–son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha kasbiy kompetentligini oshirishga erishilgan;
interfaol yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirishda kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda kasbiy kompetensiyani bosqichma–bosqich shakllantirishga doir takliflardan “Pedagogikmahorat” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89–03–3876–son ma’lumotnomasi). Natijada, “Pedagogikmahorat” fanini o‘qitish jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish dars va darsdan tashqari jarayonlar, maqsadli kurslar, vebinarlar va o‘quv materiallari integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89–03–1128–son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga bo‘lgan qiziqishi, o‘qituvchilikka bo‘lgan ijobiy munosabat tizimining rivojlanishiga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish asosida loyihaviy texnologiyaning “Ideal o‘qituvchi namunasi”, “Kelajak maktabi o‘qituvchisi” ijtimoiy loyihalarini ta’lim jarayonida qo‘llash orqali rolli, ishbilarmonlik o‘yinlari, mustaqil faoliyatni tashkil etishning kontekstli–o‘yinli vaziyat usullari 5111700–boshlang‘ich ta’lim, sport–tarbiyaviy ish yo‘nalishi o‘quv–tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89–03–3876–son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyati takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish