Rasulxo‘jaeva Madina Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped 373.
Ilmiy rahbar: Djanpeisova Gauxar Erkinovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor; Norbosheva Mexriniso Achilovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayoni shaxsni rivojlantirishning psixologik mexanizmlarini hisobga olgan holda shaxsiyatga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik modeli axloqiy tarbiyaning faol usullari, muammoli-o‘yin usullari va ularning o‘zaro ta’sirini tashkil etish shakllariga bola shaxsiyatining kognitiv, hissiy va xulq-atvor tarkibiy qismlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishda “pedagog-bola-ota-ona” o‘zaro munosabatlari integrasiyasi “O‘zaro moslashuv uchburchagi” shaklidagi yondashuv asosida o‘zaro ta’sir jarayonlari muvofiqlashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish samaradorligini oshirish mezonlari aniqlashtirilib, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks diagnostika ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalari:
maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ularda axloqiy sifatlarni shakllantirishning shart-sharoitlaridan №A-1-230 “Ekologiya va atrof muhit-muhofazasi” darsligi va “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv metodik qo‘llanmasini tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyuldagi 89-03-2514-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv tarbiyaviy faoliyati bilan birga tashkil etiladigan “Bolalarni nutqini o‘stirish”, “Atrof-muhit bilan tanishtirish”,“Tasviriy faoliyatga o‘rgatish”, “Musiqa” mashg‘ulotlarini moderinizatsiyalash imkoni kengaytirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish asosida axloqiy sifatlarini shakllantirishning baholash mezonlari va indikatorlari bilan bog‘liq ishlanmalar 5112700 maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari, o‘quv fan dasturlari (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 avgustdagi BD-5112700-3.02-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyuldagi 89-03-2514-son ma’lumotnoma). Natijada maktabgacha ta’lim baklavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish modeli “Tabiat bilan tanishtirish” kursi asosida yaratilgan o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyuldagi 89-03-2514-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyalash komponentlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturining 3.2.4. “Bilish jarayonining rivojlanishi” soxasini takomillashtirishda “Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantrish texnologiyasi” axborot ta’lim resursi yaratilgan va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 02-02/2-1574-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan o‘quv tarbiyaviy faoliyatlarda bolalarni hayvonot olamiga bo‘lgan qiziqishini, ekologik ong elementlari va ekologik madaniyatni rivojlantirishda ularni keyingi ta’lim bosqichlariga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.