Mavlanova Saidaxon Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlarining ilmiy-siyosiy qarashlari misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Discertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1912.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti Toshkent filiali.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlarining ilmiy-siyosiy qarashlari asosida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geosiyosiy maydonda kuzatilayotgan globallashuv sharoitida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyalari va uni pedagogik amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari refleksiv ta’lim va tarbiya muhitining ilmiylik (ta’lim va tarbiyada ilmiy ma’lumotlar, zamonaviy yutuqlar va faktlarni qo‘llash), ekzistensiallik (dars va mashg‘ulotlar jarayonida ma’lumotlarni anglash va holatlarni tahlil etishda natijani hisobga olgan holda ish ko‘rish), kreativlik (refleksiyani tatbiq qilishga pedagogning ijodiy tayyorgarligi) va dialogik (refleksiya faoliyatini amalga oshirishda muloqotda bo‘lish) tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va strategik ahamiyatini yoshlar ongiga singdirishda tarbiyaning tushuntirish, ishontirish, odatlantirish, ibrat-namuna kabi an’anaviy metodlari yoshlar individual ta’lim traektoriyasiga mos sanogen tafakkur imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga adaptiv qo‘llash asosida ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston jamiyati talablariga mos yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan hamda normativlik, izchillik, universallik xususiyatiga ega funksional modeli ko‘nikma va malakaga asoslangan ta’lim texnologiyalar mazmunini kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik va umummadaniy tayanch kompetensiyalar bilan bog‘liq holda izohlash asosida ishlab chiqilgan;
yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning modulli, muammoli, masofaviy va tabaqalashtirilgan turlarini aralash ta’lim (blended learning)ning mustaqil, an’anaviy va onlayn turlari sharoitida oliy pedagogik ta’limda ijtimoiy fanlarni interfaol metodlar asosida o‘qitish jarayoniga kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geosiyosiy maydondagi umuminsoniy qadriyatlarning qayta baholanishi va sivilizatsiyalar to‘qnashuvi bilan bog‘liq globallashuv talablari asosida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash omillari va pedagogik-psixologik xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar 2017-2018 yillarda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida bajarilgan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4132/04-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda vatanparvarlik tushunchasining mazmun-mohiyatini chuqur anglash va ongli ravishda vatanpavarlik tarbiyasini o‘zida shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlarining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-nazariy qarashlarini tahlil qilish asosida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati maqsad va vazifalarining strategik ahamiyatini ochib berish bo‘yicha ilmiy xulosalardan FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 noyabrdagi 349/1-ma’lumotnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4132/04-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanpavarlik ruhida tarbiyalash tizimini amalga oshirishning aniq me’yorlari va talablari shakllantirilgan;
globallashuvning ijobiy jihatlarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid islohotlar mazmuniga implementatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy modeli bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi YoA-1-012 raqamli “Uzluksiz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darsligini yaratishning metodikasi” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4132/04-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning vatanparvarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqishning modellashtirilgan didaktik ta’minotidan ta’lim amaliyotida foydalanish imkoniyati yaratilgan.