Ismailov Xurshid Esirgapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Botanika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda o‘simliklarni muhofazalash madaniyatini takomillashtirish (akademik liseylar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped685.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Ulfat Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geologiya fanlari doktori, professor; Xasanova Shoxista Boboxolovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik lisey o‘quvchilariga botanika fanini o‘qitish jarayonida o‘simliklarni muhofazalash madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik lisey o‘quvchilariga botanika fanini o‘qitish mazmunining integrativ-didaktik jihatlari atrof-muhitga oqilona munosabatni tarkib toptirish, o‘simliklarni muhofazalash madaniyatini shakllantirish orqali maqsadlarga erishish darajasi identivligini ta’minlashning metodologik asoslari aniqlashtirilgan;
botanika fanini o‘qitishda o‘quvchilarda o‘simliklarni muhofaza qilish madaniyatini rivojlantirish tizimining yaxlitligini ta’minlash metodikasi tabiiy ob’ekt muhofazasiga qaratilgan (madaniy an’analar, qadriyatlar va me’yorlar, tabiatning madaniy manzarasiga antropogen ta’sir ko‘rsatish) biomonitoring va biologik nazoratni baholashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
botanika fanini o‘qitish jarayonida akademik lisey o‘quvchilarida o‘simliklarni muhofazalash madaniyatini rivojlantirish zehnli qiyoslash, tabiat burchagi elementlaridan foydalanish, atrof-muhitni asrash bo‘yicha amaliy harakatlar kabi metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining botanika fanini o‘zlashtirish jarayonida tabiatni muhofazalash madaniyatining rivojlanganlik darajasini tashxislashning kuzatuv, tahlil va loyihalash komponentlarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ob’ektiv baholash imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Botanika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda o‘simliklarni muhofazalash madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
botanika fanini o‘qitish jarayonida akademik lisey o‘quvchilarining o‘simliklarni muhofazalash madaniyatining mazmuni (atrof-muhitga oqilona munosabatni tarkib toptirish, tabiatsevarlik, o‘simliklarni himoya qilish immunitetni mustahkamlash)ning metodologik asoslariga oid tavsiyalari O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun nashr ettirilgan “Botanika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 18 avgustdagi 03-02/8-1163-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga doir metodik ta’minoti boyitilgan;
botanika fanini o‘qitishda o‘quvchilarda o‘simliklarni muhofaza qilish madaniyatini rivojlantirish tizimi mazmuni tabiat muhofazasiga qaratilgan ko‘nikmalarga doir ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy, uslubiy tavsiyalardan “Botanika” o‘quv qo‘llanmasining “Flora va o‘simliklar qoplami" va “O‘simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish” boblarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 12 avgustdagi 03/21-3356- son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda estetik idrok, o‘simliklar o‘zgaruvchanligini davomli kuzatish hamda ma’sullik qo‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining botanika fanini o‘zlashtirish jarayonida tabiatni muhofazalash madaniyatining rivojlanganlik darajasini tashxislashning kuzatuv, tahlil va loyihalash komponentlarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ob’ektiv baholash imkoniyatlariga oid takliflardan YoA-1-6 raqamli “Akademik lisey o‘quvchilari uchun “Botanika” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash (2016-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 20 dekabrdagi 02-07-4141/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarning zehnli qiyoslash, xulosa chiqarish hamda tabiat muhofazasi uchun mas’ulligini his qilish ko‘nikmalari rivojlanishiga asos bo‘lgan.