Axmedova Laylo Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2946.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligi savodxonlik, ijodkorlik, san’atkorlik darajalari autodidaktik boshqaruv harakatlari bilan monologik va dialogik nutqini o‘stirish asosida aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligi tuzilmasi qadriyatli-motivatsion, izlanuvchan-axborotli, refleksiv, protsessual-faoliyatli, didaktik-texnologik, kognitiv-baholash komponentlarini integrativ yaxlitlash asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish modeli mavjudlik, intensiv, ijodkorlik ko‘rsatkichlari davlat tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligi adaptiv va reproduktiv o‘qitishga transformatsiyalash ko‘nikmalari adabiy talaffuz malakasini korreksiyalash konteksti asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlan-tirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishi ma’lumotlilik, savodxonlik, ijodkorlik, san’atkorlik darajalari autodidaktik boshqaruv harakatlari orqali aniqlashtirilgan taklif va xulosalardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 sentyabrdagi 02-07-2188/04- son ma’lumotnomasi).  Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetensiyalarini mustaqil ta’lim komponentlari orqali rivojlantirishga erishilgan;
qadriyatli-motivatsion, izlanuvchan-axborotli, refleksiv, protsessual-faoliyatli, didaktik-texnologik, kognitiv-baholash komponentlarini integrativ ta’minlash asosida rivojlantirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligi tuzilmasiga oid taklif va xulosalardan A-1-23-raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6  sentyabrdagi 02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini didaktik-metodik kompetentligi tuzilmasini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
mavjudlik, intensiv, ijodkorlik ko‘rsatkichlari orqali takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish modeliga oid taklif va xulosalardan A-1-23-raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 sentyabrdagi 02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
adaptiv va reproduktiv o‘qitishga transformatsiya paradigmasi o‘zgarishlari kontekstida rivojlantirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligiga oid taklif va xulosalardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6sentyabrdagi 02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishning modulli bosqichlarini aniqlashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish