O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan va 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom”ning 30-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2019 yil 28 martdagi 263/7.4-son qarori bilan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon berish huquqi 2019 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga berildi.


 “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attetatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”ning 30-bandiga asosan OAK Rayosatining 2022 yil 1 fevraldagi 311-son qarori bilan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish huquqi 2022 yilning 1 fevralidan boshlab “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari rasmiy veb-saytlarining “Ilm-fan” va “Nauka” bo‘limlariga berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish