Soliev Bekzod Zokirboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ruda tanalarini yotishining xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur kar`erlarning bortorti zahiralarini qazib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1083.
Ilmiy rahbar: Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Melikulov Abdusattor Djabbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er osti usulida bortorti zahiralarini qazib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish orqali konning georesurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bortorti zahiralarini er osti usulida qazib olishning texnologik sxemasi hamda Muruntau oltin konini yanada samarali o‘zlashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan;
mavjud variantlarning texnik afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olgan holda Muruntau konining bortorti zahiralarini ochishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
qazib olish tizimlarini qiyosiy taqqoslash mezoni va variantlarni samarali qo‘llash chegaralari yordamida 1 t qazib olingan bortorti zahirasidan olinadigan maksimal foyda hisoblanib, bortorti zahiralarini qazish uchastkalarida qazib olish tizimlarini qiyosiy baholash uchun matematik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlangan;
qazib olish nazarda tutilgan konning geologik, texnologik va iqtisodiy omillarga bog‘liq holda er osti usulida qazib olish tizimlarini samarali qo‘llash ko‘lami aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chuqur kar`erlarda ruda tanasi yotishining o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda, bortorti zahiralarini qazib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bortorti ruda tanasini ochiq va er osti usulida qazib olish uchun ochish sxemasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntau konida bortorti zahiralarini qazib olish uchun kon ishlarini loyihalash va rejalashtirish bosqichida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 30 sentyabrdagi AA-02-06-07/9556-son ma’lumotnomasi). Natijada, er qa’ridan oltin tarkibli rudani to‘liqroq qazib olishga, kon ishlarining tejamkorligi va xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
bortorti zahiralarini qazib olishning ishlab chiqilgan texnologik sxemasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntau konida bortorti zahiralarini qazib olish uchun kon ishlarini loyihalash va rejalashtirish bosqichida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 30 sentyabrdagi AA-02-06-07/9556-son ma’lumotnomasi). Natijada, Muruntau oltin ruda koni georesursi salohiyati samaradorligini oshirish va ruda qazib chiqarishni 20-25%ga oshirish imkonini bergan.