Parpieva Mashhura Javdatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kalamush jigari mitoxondriyasining funksional faolligini galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlari ta’sirida buzilishi va ularni o‘simlik moddalari bilan korreksiyalash», 03.00.01 – Biokimyo, 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V386.
Ilmiy rahbarlar: Mirxamidova Parida, biologiya fanlari doktori, professor, Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Gayibov Ulugbek Gapparjanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlarining jigar to‘qimalarida qoldiq sifatida to‘planishi, mitoxondriya disfunksiyasiga ta’siri hamda ularni soforoflavonozid va narsissin flavonoidlari yordamida korreksiyalashni 10, 20, 30 va 40 kunlik dinamikaga bog‘liq holda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlarining jigar to‘qimasidagi qoldiq miqdori dinamikaga bog‘liq holda (5, 10, 20, 30 va 40 kunlik) aniqlangan;
in vitro sharoitida SFL va narsissin flavonoidlarining antiradikal faolliklari hamda galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlari intoksikatsiyasida ularning antioksidant xossalari aniqlangan;
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlari intoksikatsiyasi sharoitida SFL va narsissin flavonoidlarini mPTPga ingibirlovchi va mitoKATF-kanali faolligiga samarali ta’sir etishi dinamikaga bog‘liq holda (10, 20, 30 va 40 kunlarda) isbotlangan;
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlari intoksikatsiyasi sharoitida jigar mitoxondriyasi passiv ion o‘tkazuvchanligi o‘zgarishlari va OF jarayonini SFL va narsissin flavonoidlari bilan qayta tiklashi dinamikaga bog‘liq holda (10, 20, 30 va 40 kunlarda) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlari bilan intoksikatsiya qilingan kalamushlarning jigar mitoxondriyalarining disfunksiyasini SFL va narsissin flavonoidlari bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
galoksifop-R-metil pestisidi amalda foydalanilayotgan (0.5-1.0 l/ga) miqdorini 0.4-0.9 l/ga kamaytirgan holda 2019-2020 yillarda Andijon viloyati Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlaridagi jami 179 gektar dala maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 iyuldagi 02/032-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada, galoksifop-R-metilning 0.4-0.9 l/ga miqdori hosildorlikka hamda tuproq strukturasiga nojo‘ya ta’sir kamayishi, shu bilan birga har bir gektariga 32000 so‘m (1000 gektariga paxta maydonida 32 mln so‘m) iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
indoksakarb pestisidi amalda foydalanilayotgan (0.40-0.45 l/ga) miqdorini 0.3-0.35 l/ga kamaytirgan holda 2019-2020 yillarda Andijon viloyati Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlaridagi jami 179 gektar dala maydonlarida g‘o‘za tunlamiga qarshi kurashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 iyuldagi 02/032-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada, indoksakarbning 0.3-0.35 l/ga miqdori hosildorlikka hamda atrof-muhitga nojo‘ya ta’sirining kamligi, shu bilan birga har bir gektariga 95100 so‘m (1000 gektariga paxta maydonida 95.1 mln so‘m) iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestisidlarini jigar to‘qimalariga ta’sir qiluvchi dozalarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalari asosida Andijon viloyati Xo‘jobod tumani «Qorabuloq» fermer ho‘jaligini 63 gektar dala maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurashda nisbatan kichik dozalarni qo‘llash joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 03-02/8-1971-son ma’lumotnomasi). Natijada zararkunanda hasharotlar va begona o‘tlarga qarshi kurashda pestisidlardan belgilangan ko‘rsatmalarga muvofiq, eng kam samarali darajada foydalanish imkonini bergan.