Nurmatova Moxira Madumarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Poligalakturon kislotasining d-metallar ionlari bilan polimermetall-komplekslarining sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K393.
Ilmiy rahbar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalar kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy “F-2 Yubileyniy” limon navidan poligalakturon kislotasini ajratib olish va uning asosida d-metal ionlari bilan suvda eruvchan polimer-metall komplekslarini sintez qilish, ularning tuzilishi, xossalari va biologik faolligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “F-2 Yubileyniy” navli limon pektinidan poligalakturon kislotasi olingan va uni sintez qilish uchun maqbul shart-sharoitlar aniqlangan, d-metal ionlarini bog‘lovchi markazlar bo‘lgan karboksil guruhlarning miqdoriy tarkibi aniqlangan;
poligalakturon kislotaning kompleks hosil qilish qobiliyatining muhitning rN ga bog‘liqligi aniqlangan. Ishqoriy muhitda kislotali muhitga nisbatan kompleks hosil qilish qobiliyati maksimal bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan;
d-metall ionlari bilan PGK komplekslarining hosil bo‘lishi halqalarning fazoviy konfiguratsiyasi va glikozid bog‘larini o‘zgartirmasligi, kompleks hosil bo‘lish, birinchi navbatda, ekzotsiklik C6-karboksil guruhiga ta’sir qilishi aniqlangan;
mis va kobalt ionlarining PGK ning suyultirilgan eritmalari bilan o‘zaro ta’sirida eng yaxshi kompleks hosil qilish sodir bo‘lishi aniqlangan. Metall ionlarining PGK bilan kompleks hosil bo‘lish reaksiyalarida faolligi quyidagi qator sifatida ko‘rsatib o‘tilgan: Su2+ > Co2+ > Zn2+;
ilk bor PGK: Co2+ polimer-metall komplekslarining g‘o‘za chigitlarining unib chiqish dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan, bu esa uni qishloq xo‘jaligida qo‘llash mumkin degan xulosaga kelish imkonini berishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Poligalakturon kislotasini hosil qilish, metall ionlari bilan olingan polimermetall komplekslarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poligalakturon kislotasining metall ionlari bilan polimer-metall komplekslarini sintez qilish usuli, shuningdek olingan namunalar F-7-19 “Mahalliy xomashyo manbalarida polisaxarid polikomplekslarining molekulyar-massa va konformatsion xarakteristikalari hamda ularning tarkibi, tuzilishi va xossalariga ta’siri”fundamental loyihasi doirasida polisaxaridlarning polimer-metall komplekslarini sintez qilish va xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llanilgan.(Namangan davlat universitetining 2021-yil 3-noyabrdagi 554-04-sonli ma’lumotnomasi);
sintez qilib olingan Co+PGK komplekslari Rishton paxta tozalash zavodida C-6524 navli R-2 avlodining g‘o‘za urug‘larini qobiqlashda qo‘llanilgan (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2021 yil 5 noyabrdagi T-9 / 23-910-sonli ma’lumotnomasi). Har qanday ob-havo sharoitida qobiqlangan urug‘larning unib chiqishi yuqori (97-98%), namlikka chidamli, qobiqlash ildiz qurtlari va hasharotlar tomonidan zararlanishning oldini oladi. Natijada paxta hosildorligi 30,2 s/ga, rentabellik 26-28 foizga oshdi;
mahalliy o‘simlik xomashyodan olingan pektin polisaxaridlarining bog‘lovchi xossalari va biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar Farg‘ona davlat universiteti kimyo kafedrasi “Nutritious food” yoshlar jamoasi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston biznes forumi (III bosqich)” qo‘shma loyihasi tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi va «Sasol» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yoshlar startap qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida qo‘llanilgan (sertifikat 2017-yil) bo‘lib, poligalakturon kislotaning polimer-metall komplekslari sintezi va ularning hossalarini tadqiq qilish imkonini bergan.