Murzaev Rustam Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ko‘p maqsadli qo‘ndirmalarni ishlab chiqish va tadqiq qilish hamda ularni tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanishini takomillashtirish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1280.
Ilmiy rahbarlar: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik; Abdumavlyanova Mamura Kasimovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduganiev Baxtiyor Yormaxamatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqilgan depressor va yong‘indan himoyalovchi qo‘ndirmalar misolida kimyoviy mahsulotlarni identifikatsiyalash hamda TIF TN sinflash mexanizmini takomillashtirish orqali mahsulot bojxona nazorati samaradorligini oshirish metodologik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud va ikkilamchi organik va noorganik birikmalar, hamda ikkilamchi polimer – polietilenteleftalat asosida depressor (DPOR) va yong‘indan himoyalovchi (antipiren) qo‘ndirmalar sifatida maqsadli qo‘llaniluvchi oligomerlar olingan;
kimyoviy mahsulotlar, jumladan, depressor va yong‘indan himoyalovchi (antipirenlar) qo‘ndirmalar TIF TN mosligi sinflanish mexanizmi aniqlangan;
depressor va yong‘indan himoyalovchi (antipirenlar) qo‘ndirmalar, shuningdek, shu turdagi kimyoviy mahsulotlarni bojxona ekspertizasi va laboratoriya ekspress usullari orqali import va eksportni to‘laqonli bojxona nazorati tartiblari ishlab chiqilgan;
depressor va yong‘indan himoyalovchi (antipirenlar) qo‘ndirmalar, shuningdek, shu turdagi kimyoviy mahsulotlar uchun TIF TN batafsil yangi tovar pozisiya va kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘p maqsadli depressor qo‘ndirmalar olish, kimyoviy mahsulotlar jumladan, depressor va yong‘indan himoyalovchi (antipirenlar) qo‘ndirmalar TIF TN mosligi sinfini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
depressor qo‘ndirmalarni ishlab chiqarish uchun tashkilotning standarti ishlab chiqilgan va «Olmaliq» AJ Standartlashtirish va sertifikatsiyalash xizmati tomonidan tasliqlangan («Olmaliq» AJning 2021 yil 18 noyabrdagi XA009444-son ma’lumotnomasi). Natijada, depressor qo‘ndirmalarni qo‘llash orqali dizel` va pech` yoqilg‘ilari qotish harorati, hamda fil`trlashni chegaraviy xaroratini pasaytirish va texnologik jixozlarni ekspluatatsiya qilish sifatini yaxshilash va korxona uskunalarini beto‘xtov ishlash imkonini bergan;
dizel` va pech` yoqilg‘ilar tarkibiga qo‘shilgan depressor qo‘ndirmalar (DPOR) «Olmaliq» AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlar ro‘yxati”ga kiritilgan («Olmaliq» AJning 2021 yil 18 noyabrdagi XA009444-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltiriladigan depressorlar o‘rnini bosuvchi nisbatan arzon depressor olish va uskunalarni ishlash muddatini uzaytirish imkonini beradi;
depressor himoyalovchi qo‘ndirmalar laboratoriya tekshiruvlarining ekspress usullari bojxona ekspertizasida amaliyotga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 15 noyabrdagi 1/16-306-son ma’lumotnomasi). Natijada, depressor qo‘ndirmalar va shu turdagi kimyoviy mahsulotlar importi va eksportida to‘laqonli nazorat qilish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga “depressor va yong‘indan himoyalovchi qo‘ndirmalar” uchun yangi mahsulot kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 15 noyabrdagi 1/16-306-son ma’lumotnomasi). Natijada, depressor va yong‘indan himoyalovchi qo‘ndirmalar kod raqamlarini noto‘g‘ri aniqlash orqali davlat iqtisodiyotiga keltiriladigan zararning oldini olish imkonini bergan.