Giyazov Otabek Muxitdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shpurlarda saqlovchi tiqinni qo‘llagan holda er osti kon lahimlarini o‘tish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2364.
Ilmiy rahbar: Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuxrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xasanov Obid Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burg‘ilab portlatish ishlarining samaradorligini oshirish uchun er osti kon laximlarini o‘tishda portlatish ishlarini tashkil etish usullari, polimer materiallardan mahkamlovchi tiqinni konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer materiallardan tayyorlangan tiqindan foydalanishda bosim o‘zgarishini hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan va detonatsiya maxsulotlari va kuchlanish to‘lqinini ta’sirida tiqinning harakatsiz holdan chiqarish vaqtining, tiqinni shpur bo‘ylab harakati vaqti va detonatsiya maxsulotlarini erkin harakatlanish vaqti davomiyligi aniqlangan;
tiqin uzunligini va shpurda detonatsiya maxsulotlarini chiqib ketish ta’siri vaqtini oshirish imkonini beruvchi polimer materialidan tayyorlangan tiqinning sirpanish ishqalanish koeffisienti tiqin kengayishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
turli materialli tiqinlarni qo‘llagan holda, portlatilgan bo‘shliqdagi bosim va detonatsiya maxsulotlarining erkin oqimi vaqti o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisoblash uchun aloqadorligi aniqlangan;
polimer materiallardan tayyorlangan tiqindan foydalanishda burg‘ilab portlatish ishlari o‘lchamlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
tog‘ jinslarini maydalashda portlashning porshenli ta’sirini samarali ishini va shpurli zaryadda kuchlanish maydonini ta’minlash bilan detonatsiya maxsulotlarining samarali ta’sirini oshirishni ta’minlash imkonini beruvchi shpur tiqinlarining samarali konstruksiyasi va unda ishlatiladigan materialning samarali turi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Shpurlarda saqlovchi tiqinni qo‘llagan holda er osti kon lahimlarini o‘tish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
portlovchi moddalarning shpurli zaryadlarini portlatishda detonatsiya maxsulotlarini saqlab turishni ta’minlovchi polimer materialidan tayyorlangan mahkamlovchi tiqin yangi konstruksiyasi Zarafshan DGQE 69-son shtolnyada amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 2 fevraldagi 10-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir siklda laximlarning oldinga siljishi 0,05-0,1 p.m. ga oshish, shprurdan foydalanish koeffisienti 0,97 ga etish, bir metr lahim o‘tishdagi shpurlar burg‘ilashning solishtirma sarfi 1,6 metrga va portlovchi moddalar solishtirma sarfi 1,3 kg ga kamayish, tog‘ jinslarini maydalanish darajasi sifati yaxshilash, maydalangan tog‘ jinslari uchish masofani qisqartirish va portlatilgan tog‘ jinslari massalari hajmining oshish imkonini bergan;
gorizontal kon laximlarini o‘tishda portlatish ishlarini olib borish usuli Zarafshan DGQE 69-son shtolnyada amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 2 fevraldagi 10-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, shpurlardan foydalanish koeffisientini 8% ga oshirish, maydalanish sifatini yaxshilash va portlatilgan kon massasi uyumi kengligini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish