Muminov Rashid Olimovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ««Kar`er burg‘ilash dastgohi aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmining ishlash qobiliyatini va ishonchliligini oshirish usullarini ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/T415.
Ilmiy maslahatchi: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takomillashtirilgan aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmi transmissiyasini yaratish orqali burg‘ilash dastgohining unumdorligi, chidamliligi va ishonchliligini oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burg‘ilash dastgohi aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmining konstruktiv, kinematik va dinamik hamda texnologik parametrlarini tadqiq qilish va aniqlash imkonini beruvchi dolota botirilish tezligining uning resurs va ishonchliligini aniqlovchi ko‘p parametrli matematik modeli ishlab chiqilgan; 
«tog‘ jinsi – o‘qdagi bosim kuchi – burg‘ilash tezligi – ishonchlilik» ierarxik tizimni sistemali tadqiq qilish, burg‘ilash instrumentida uning bosim kuchi bilan botirilish va aylanish tezligi va ularning ishonchliligiga ta’sirini o‘zaro optimal mutanosibligini o‘rnatish imkonini beruvchi aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmini gidravlik tizimini boshqarish uslubi ishlab chiqilgan; 
tog‘ jinsini qattiqligini o‘zgarishini hisobga olgan holda, burg‘ilash rejimida burg‘ilash dastgohi gidravlik uzatish tizimining o‘q bo‘yicha qo‘yilgan kuchni va bosimni optimal rejimini tanlash imkonini beruvchi boshqarishning mexatron sxemasi ishlab chiqilgan; 
burg‘ilash dastgohi aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmining takomillashtirilgan konstruksiyasi, ya’ni pnevmogidravlik akkumulyatorni dastgohga qo‘llash natijasida, burg‘ilash dastgohi ishchi jihozlari va metollokonstruksiyalaridagi dinamik yuklamalarni pasaytirish, shuningdek, burg‘ilash uskunasining unumdorligini va ishonchliligini oshirish usullari ishlab chiqilgan;
burg‘ilash dastgohi aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan hamda uskunaning ishchi jihozlari va metallokonstruksiyalaridagi dinamik yuklamalarning pasayishini uning o‘qidagi barqaror bosim kuchiga bog‘liqligi aniqlangan;
titrashlarni pasaytirish, ishonchlilikni oshirish, burg‘ilash rejimlarini intensivlashtirish hamda qattiq tog‘ jinslarini burg‘ilashda dastgohning burg‘ilash tezligini va ishlash qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi elektrogidromexanik aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmli takomillashtirilgan konstruksiyani kompleks sinash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kar`er burg‘ilash uskunasi aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmining ishlash qobiliyatini va ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ilash uskunasi uzatish mexanizmining taklif qilingan innovasion konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Janubiy kon boshqarmasi «Zarmitan» rudnigi «O‘rtalik» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 11 avgustdagi 02-06-07/8061-son ma’lumotnomasi). Natijada, kar`er burg‘ilash uskunasini ishlash qobilyati 14-17% ga va burg‘ilash unumdorligini 18% ga oshirish, shuningdek uskunaning vertikal va gorizontal tebranishlarini 20% ga pasaytirishni imkonini bergan;
burg‘ilash uskunasini tog‘ jinsini qattiqligini o‘zgarishini hisobga olgan holda, o‘q bo‘yicha qo‘yilgan kuchni optimal rejimini tanlash imkonini beruvchi, burg‘ilash stavini mexatron boshqaruvli gidravlik uzatish tizimi bilan jihozlash sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Janubiy kon boshqarmasi «Zarmitan» rudnigi «O‘rtalik» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 11 avgustdagi 02-06-07/8061-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ilash rejimini intensivlashtirish imkonini bergan hamda qattiq tog‘ jinslarini burg‘ilashda burg‘ilash tezligini 12-15% gacha oshirish imkonini bergan, shuningdek burg‘ilash uskunasi metallokonstruksiyalari va ishchi jihozlarining dinamik yuklamalarini 12-14% gacha pasaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish