Xusainov Xurshid Axmadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Lyossimon yotqiziqlarning tuproq qatlamlari va ularning magnit xususiyatlari (Chirchiq havzasi yotqiziqlari misolida)», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/GM34.
Ilmiy rahbar: Toychiev Xodjiakbar Abdurasulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Po‘latjon Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Egamberdiev Saydig‘ani Abduraximovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘rtlamchi davrda, Chirchiq daryosi havzasining Arkutsoy, Boksuk, Qodirya va Qorasu geologik kesmalaridagi lyossimon va tuproq jinslarini magnit xususiyatlarini shakllanish va o‘zgarish sabablarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chirchiq havzasining quyi va o‘rta oqimi ob’ektlarida to‘rtlamchi davr lyossimon jinslar va ular kesimidagi tuproqlarini magnit xususiyatlari aniqlangan; 
geologik kesimdagi lyossimon jinslarni va tuproqlarni magnit xususiyati qiymatlari keskin o‘zgarishi, ularning tuproqdagi kompleks fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayon bilan bog‘liqligi aniqlangan; 
magnit xususiyati ko‘rsatkichlari yordamida, tuproqlarni vaqt davomida o‘zgarganlik darajasini aniqlovchi belgilari va diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan; 
geologik kesimlaridagi lyossimon jinslarni va yopiq qatlamlarini vaqt davomida o‘zgarganligini aniqlash uchun magnit qovushqoqlik ko‘rsatkichi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Lyossimon yotqiziqlarning tuproq qatlamlari va ularning magnit xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
magnitometrik diagnostika qilish usuli “Regionalgeologiya” DUK amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, Arkutsoy, Boksuk, Qodirya va Qorasu uchastkalarida qo‘llash orqali ularning tayanch geologik kesimlardagi qatlamlarni ajratish imkonini bergan;
tuproqlardagi aniqlangan magnit xususiyatlari “Regionalgeologiya” DUK faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq havzasidagi tayanch geologik kesimlardagi o‘zgarganlik darajasini aniqlash imkonini bergan;
sezuvchanlik (10-7 SGS) yuqori bo‘lgan dala magnitometrik usuli “Regionalgeologiya” DUKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy usullar bilan ajratib bo‘lmaydigan qatlamlarni ajratish va ular yordamida geologik kesimlarni tabaqalash va taqqoslash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish