Tadjieva Shaxnoza Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Azotsaqlovchi geterotsiklik birikmalar hosilalarini sintezi va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1282.
Ilmiy rahbar: Maksumova Oyto‘ra Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Xudoyberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: azotsaqlovchi geterotsiklik birikmalar-benzimidazol va benzotriazol hosilalarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etanol muhitida, 60 S haroratda benzimidazol va benzotriazolni allilbromid bilan allillash reaksiyasi natijasida yuqori unum bilan 1,3-di-allilbenzimidazoliybromid (80%) va 1,3-diallilbenzotriazoliybromid (84%) to‘rtlamchi tuzlarini hosil bo‘lish usuli ishlab chiqilgan;
1,3-diallilbenzimidazoliy va 1,3-diallilbenzotriazoliybromid to‘rtlamchi ammoniy tuzlarini radikal inisiatorlar ishtirokida polimerlanish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan va qo‘llanilgan inisiatorlar orasida kaliy persulfat eng samarali ekanligi isbotlangan;
1,3-diallilbenzotriazoliybromid bilan akril kislotaning binar sopolimerlanish reaksiyalari olib borilgan va reaksiyaning borishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar (reaksiya harorati va davomiyligi, somonomerlar nisbati, inisiator tabiati) aniqlangan, shuningdek analitik, Faynaman-Ross usullari yordamida jarayonning sopolimerlanish konstantalari hisoblangan;
benzimidazol va benzotriazol hosilalari asosida olingan birikmalar 3% qo‘shilganda polietilen plyonkalarini UB-nurlardan saqlash hususiyatlarini namoyon etishi aniqlanib, etalon namunaga nisbatan uzilishdagi mustahkamligi 13,7% va nisbiy cho‘ziluvchanligi 15,2% yuqori ekanligi asoslangan;
benzotriazol va benzimidazol fragmentli azotli geterotsiklik birikmalari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Azotsaqlovchi geterotsik-lik birikmalar - benzimidazol va benzotriazol hosilalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
benzotriazol va allil bromid asosida monomer ishlab chiqarishga tashkilot standarti «O’ZSTANDART» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 201912314-001:2021). Natijada, polietilen plenkalarining destruksiyasini oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan UB-stabilizator olish imkonini bergan;
benzotriazolni allil bromid ishtirokida allilash bilan diallilbenzotriazol bromid to‘rtlamchi ammoniy tuzlarini olish texnologiyasi «Jizzax plastmassa» AJning «amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJ 2021 yil 6 maydagi 14-1698-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori harorat va quyosh nuri ta’siriga chidamli polietilen plyonkalar ishlab chiqarish imkonini bergan.