Raxmatova Dilnoza Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` va yog‘-moy sanoati chiqindilarini utilizatsiyalash orqali xavfsiz mahsulotlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2451.
Ilmiy rahbar: Musaev Ma’rufjon Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft va yog‘-moy sanoati chiqindilari asosida qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori uglevodorodli mahalliy neft va yog‘-moy sanoati chiqindilarining kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
gidroizolyasiya va tom yopish qoplamalari uchun mahalliy chiqindilarga asoslangan qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqalari ishlab chiqilgan;
mahalliy chiqindilar asosida yangi tarkibga ega bo‘lgan qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqasining tarkibi ishlab chiqilgan;
qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqalarini olish uchun neftshlami, gudron (gossipol smolasi), so‘ndirilmagan ohak va texnik oltingugurt mahalliy arzon uglevodorodli chiqindilar asosida olingan quyqaning texnologik, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
neftshlami, gudron (gossipol smolasi), so‘ndirilmagan ohak va texnik oltingugurt asosida qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy neft va yog‘-moy sanoati chiqindi va qoldiqlari asosida qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
neftshlami, gossipol smolasi kabi sanoat chiqindi va qoldiqlari asosida qurilish bitum o‘rnini bosuvchi quyqalar olish texnologiyasi «Buxara Prosper Invest» MChJning «amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 16 noyabrdagi 28-1/818-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish bitum o‘rnini bosuvchi gidroizolyasion quyqa ishlab chiqarish imkonini bergan;
sanoat chiqindi va qoldiqlari asosida olingan gidroizolyasion quyqalar tarkibi «Qurilish Montaj Building» MChJ tomonidan Kogon shahar qurilish obektida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 16 noyabrdagi 28-1/818-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish bitumni 35 % tejash, iqtisodiy samaradorligini 30 % oshirish imkonini bergan.