Kasimov Shodibek Islamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Glisirrizin kislota asosida biostimulyatorlar va shirinmiya ildizini qayta ishlash sanoat chiqindisi asosida bioo‘g‘it olish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K384.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Jalolov Iqbol Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gall kislotasining glisirrizin kislotasi (GK), GK monoammoniyli (GKMAT), monokaliyli (GKMKT) tuzlari bilan supramolekulyar komplekslarini olish, ularning fizik kimyoviy xossalari va biologik faolligini aniqlash, shuningdek, Glycyrrhiza glabra - ildizini sanoatda qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilari asosida bioo‘g‘it yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gall kislotasining GK, GKMAT va GKMKT bilan turli xil molyar nisbatlardagi suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari olingan;
yangi olingan supramolekulyar komplekslarining kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy va spektral xususiyatlari aniqlangan;
olingan supramolekulyar komplekslarning barqarorlik konstantasi izomolyar seriyalar usuli asosida Gibbs energiyasi qiymatiga qarab aniqlangan va GK:GallK (2:1), GKMAT:GallK (2:1) hamda GKMKT:GallK (2:1) mol` nisbatlarida supramolekulyar kompleks hosil bo‘lishining maksimal unumiga erishilganligini va nisbatan barqaror bo‘lishi isbotlangan;
suvli eritmalarda kompleks birikmalar vodorod bog‘lari va gidrofob-gidrofob o‘zaro ta’sirlashishlar hisobiga barqarorlashishi aniqlangan;
komplekslar tarkibidagi gall kislotani sifat va miqdoriy aniqlashning YuSSX usuli ishlab chiqildi va amaliy jihatdan olingan natijalar nazariy jihatdan hisoblangan natijalarga mos kelishi isbotlangan;
kompleks birikmalarining biologik faolliklari GK:GallK (2:1), GK:GallK (4:1) va GKMAT:GallK (8:1) nisbatdagi supramolekulyar birikmasi bug‘doy (Triticum aestivum L.) o‘simligining o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi hamda gall kislotasining boshqa komplekslariga nisbatan faolroq ekanligi aniqlangan;
shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) ildizini sanoat qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan kislotali chiqindini utilizatsiya qilish va uning glaukonit minerali asosida maqbul tarkibli bioo‘g‘it ishlab chiqildi hamda uni g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’siri mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gall kislotasining GK, GKMAT va GKMKT bilan hosil qilgan supramolekulyar komplekslarining kimyoviy tuzilishi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shirinmiya o‘simligi ildizpoyasidan olingan glisirrizin kislotasi va uning monoamoniyli va monokaliyli tuzlarining gall kislota bilan turli nisbatdagi supramolekulyar komplekslari (GK:GallK, GKMAT: GallK va GKMKT: GallK preparati) O‘zbekiston-Xitoy «PENG SHENG» MChJ QK ishlab chiqarish korxonasida (Sirdaryo tumani) terini oshlash va qayta ishlash bo‘yicha qoramol terisini oshlashda hamda sifatini yaxshilashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston-Xitoy «PENG SHENG» MChJ QK ishlab chiqarish korxonasining 2021 yil 12 noyabrdagi Z/557-son ma’lumotnomasi). Natijada, dermaning issiqlikga chidamligi va erkin holatda charmni cho‘zganda uning mustaxkamligini oshirish imkonini bergan;
shirinmiya o‘simligi ildizpoyasidan GK olingandan so‘ng ildizni qayta ishlash sanoat chiqindilari qisman utilizatsiya qilingan va glaukonit hamda oqava suv asosida maqbul tarkibli bioo‘g‘it Sirdaryo viloyati Boyovut tumani fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 02/026-4638-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat maydoniga nisbatan hosildorlikni gektariga o‘rtacha 8,7-14,1 sentnerga oshirish imkonini bergan.