Erjanova Dil`fuza Kadirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ibrayim Yusupov poemalarining lingvopoetik tahlili», 10.00.03 – «Qoraqalpoq tili» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil967.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paxratdinov Quralbay Ataubaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Do‘simov Zaribbay, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenov Qidirbay, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibrayim Yusupov poemalarini lingvopoetik jihatdan aniqlash orqali shoirning individual ijodiy uslubiga xos xususiyatlarni belgilash va poetik asarlaridagi til elementlarining uslubiy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
I.Yusupov poemalarida muayyan lingvopoetik vazifada qo‘llangan sinonimlar, antonimlar, omonimlarning shoir poemalari badiiy-estetik qimmatini ta’minlovchi lisoniy birliklar sifatida voqelangani va eskirgan so‘zlarning o‘sha davr koloritini berish uchun qo‘llanganligi, davr xususiyatlarini ochib berishi dalillangan;
adibning lingvopoetik xususiyati sifatida frazeologizmlar va naql-maqollardan foydalanish mahorati ochib berilgan, shuningdek, frazeologizmlar va naql-maqollarning lingvopoetik jihati asosida nutqni ixchamlashtirish, tushunchani obrazli atash, psixologik holatni ifodalash, emotsional-ekspressiv funksiyalarni bajarishi dalillangan;
I.Yusupovning o‘ziga xos poetik kashfiyotlari asosida qo‘llanilgan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitet kabi turlarining estetik qimmatini belgilashdagi uslubiy-funksional, lingvosemiotik ahamiyati dalillangan;
qoraqalpoq tilshunosligida ilk bor I.Yusupov poemalarining lingvopoetik yo‘nalishi asosida ijodkorning o‘ziga xos individual uslubiy-poetik mahorati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. I.Yusupov poemalari tilini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
I.Yusupov poemalaridagi leksik birliklarning lingvopoetik jihatdan qo‘llanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalari «Qaraqalpaq tili» va «Ádebiyat» fanlarining mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 martdagi 01-01/10-0921-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish jarayonida darsliklar mazmunini boyitish imkoniyatini bergan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida I.Yusupov hayoti va ijodi, adabiy merosi bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishda, adabiy-badiiy ekskursiya darslarini o‘tkazishda va ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma’ruza shaklida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 9 martdagi 2-04/447-son ma’lumotnomasi). Natijada, I.Yusupov poemalaridagi badiiy obrazlarning komil inson tarbiyasidagi roli va ahamiyati keng jamoatchilikka etkazilib, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, milliy ong va tafakkurni rivojlantirishda katta yordam bermoqda.
I.Yusupov poemalarida qo‘llanilgan frazeologizmlar va naql-maqollar bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida, ayniqsa, shoirlar mahoratini oshirishda, yosh ijodkorlarni kamolga keltirishda, to‘garak va seminarlar o‘tkazishda samarali foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 1 apreldagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoirning qahramon obrazini yaratishdagi adabiy-badiiy mahoratining ochilishiga asos bo‘lgan.
Shoirning o‘ziga xos poetik ijodi asosida qo‘llanilgan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitetlarning asarning estetik ahamiyatini belgilashdagi o‘rni bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining «Erkin fikr» ko‘rsatuvi va Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Xayrli tong», «Tilga e’tibor – elga e’tibor», «Fan marjonlari», «Shoir so‘zi – abadiy» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 apreldagi 01-02/1079-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.