Abdazimov Azizjan Abdusabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tarbiya tizimini shakllantirishning pedagogik jihatlari», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped578.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Djuraev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishning pedagogik jihatlariga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi holati ta’limni boshqarish va mazmunini shakllantirishdagi boshqa millat va xalqlardan ustuvorlika erishishga qaratilgan g‘oyaviy kurashlar, ta’lim ustuvorligidagi qarama-qarshi ichki va tashqi tendensiyalar bilan bevosita bog‘liq ekanligi tarixiylik va xolislik parametrlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Turkistonda ta’lim tizimining tashkil etilishi tizimli-tashkiliy etnopedagogik, komparativistik, antropologik, akmeologik mezonlar, ijtimoiy-madaniy hodisalarning dialektik tabiiy-tarixiy oqibatlari, real tarixiy sharoitlarning o‘zaro hayotiy-vitagen ta’siri jarayonida tajribaviy-oqibatli xarakterga ega ekanligi aniqlashtirilgan;
XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi modelining mazmuni konservativ va hur g‘oyalar kurashi, pedagogik faoliyatning mentalligini saqlash uchun emotsional-qardriyatli harakat, mahalliy aholi savodxonlik darajasini oshirish borasidagi mahalliy ma’rifatparvarlarning rivojlantiruvchi milliy qadriyatlarga xos pedagogik sa’yi harakatlarini progressiv sinxronlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
Turkistonda ta’lim tizimi mazmuni davrning tarixiy-xronologik shart-sharoitlari, mahalliy xalqlar ta’lim olish imkoniyatlarining majburiy qisqartirilishi, mahalliy aholi ongiga tobelik tarbiyasining singdirib borilishi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlarni xaqqoniy o‘rganishga imkon bermaganligi nazariy-empirik jihatdan aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi holati ta’limni boshqarish va mazmunini shakllantirishdagi boshqa millat va xalqlardan ustuvorlikka erishishga qaratilgan g‘oyaviy kurashlar, ta’lim ustuvorligidagi qarama-qarshi ichki va tashqi tendensiyalar bilan bevosita bog‘liq ekanligi tarixiylik va xolislik parametrlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar asosida “Jahon tarixi” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 83-sonli buyrug‘i asosida berilgan 82-102-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
Turkistonda ta’lim tizimining tashkil etilishi tizimli-tashkiliy etnopedagogik, komparativistik, antropologik, akmeologik mezonlar, ijtimoiy-madaniy hodisalarning dialektik tabiiy-tarixiy oqibatlari, real tarixiy sharoitlarning o‘zaro hayotiy-vitagen ta’siri jarayonida tajribaviy-oqibatli xarakterga ega ekanligi aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4270/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning tarixiy bilimlarini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash mezonlarini takomillashtirishga erishilgan;
XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi modelining mazmuni konservativ va hur g‘oyalar kurashi, pedagogik faoliyatning mentalligini saqlash uchun emotsional-qadriyatli harakat, mahalliy aholi savodxonlik darajasini oshirish borasidagi mahalliy ma’rifatparvarlarning rivojlantiruvchi milliy qadriyatlarga xos pedagogik sa’yi harakatlarini progressiv sinxronlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar KA-1-003 raqamli “Yoshlarda Vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4270/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning Turkistonda ta’lim tizimi rivojiga doir o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Turkistonda ta’lim tizimi mazmuni davrning tarixiy-xronologik shart-sharoitlari, mahalliy xalqlar ta’lim olish imkoniyatlarining majburiy qisqartirilishi, mahalliy aholi ongiga tobelik tarbiyasining singdirib borilishi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlarni xaqqoniy o‘rganishga imkon bermaganligi nazariy-empirik jihatdan aniqlashtirishga oid ma’lumotlar asosida “Jahon tarixi” darsligi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 83-sonli buyrug‘i asosida berilgan 82-102-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Turkistonda ta’lim-tarbiya tizimi rivojining ijtimoiy-madaniy pedagogik shart-sharoitlarini yoritib berishga erishilgan.