Qosimov Odilbek Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Egriligi o‘zgarmas ko‘pxilliklarda singulyar riman qatlamalar geometriyasi», 01.01.04 – Geometriya va topologiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM520.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Narmanov Abdigappar Yakubovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Zaitov Adilbek Ataxanovich (Toshkent arxitektura-qurilish instituti); fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Sharipov Xurshid Fazliddinovich (Samarqand davlat universiteti).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi singulyar riman qatlamalari geometriyasini va Killing vektor maydonlar orbitalari to‘plami strukturasini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evklid fazosida koo‘lchami kichik bo‘lgan singulyar riman qatlamalarining to‘liq tasnifi olingan;
Kompakt ko‘pxilliklarda koo‘lchami kichik bo‘lgan singulyar riman qatlamalarining to‘liq tasnifi olingan;
Evklid fazosida singulyar riman qatlamasining singulyar qatlamlari bir biridan ajralgan bo‘lsa, qatlama kesimga ega bo‘lishi isbotlangan;
Singulyar riman qatlamasining qatlamlari to‘plamida uni silliq orbifoldga aylantiruvchi differensial struktura mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
Evklid fazolari va kompakt ko‘pxilliklarda aniqlangan singulyar riman qatlamalar geometriyasi F4-OT-0-79517 “Qatlamali ko‘pxilliklarning geometriyasi va topologiyasi” nomli grant loyihada qatlamali ko‘pxilliklarning geometrik xossalari haqidagi masala echimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazir¬ligining 2021 yil 2 fevraldagi № 89-06-201 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy nati-jalarning qo‘llanilishi egriligi o‘zgarmas ko‘pxilliklarda aniqlangan qatlama qatlamining seksion egriligini  hisoblash uchun aniq formulalarni topish imkonini bergan;
Killing vektor maydonlari orbitalari hosil qilgan singulyar riman qatlamalar geometriyasidan Udmurtiya davlat universitetining “№-20-01-00293 Boshqarish nazariyasi va terminal momenti fiksirlanmagan differensial o‘yinlar nazariyasi masalalaridagi sifatli usullar” nomli tadqiqot loyihasida dinamik sistemalar va differensial o‘yinlarni boshqarish masalalarini echishda foydalanilgan. (Udmurtiya davlat universiteti, Rossiya, ma’lumotnoma № 7873-2899/30, 29 mart 2021 yil). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi boshqaruv tizimlarining va dif-ferensial o‘yinlarning erishuvchanlik to‘plamlari geometriyasini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish