Toreniyazov Jalgas Erjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: XVII-XIX asrlardagi Janubiy Orol bo‘yi shaharlari tarixi, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD.Tar809.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xakimniyazov Jolmurza Xojabekovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Bauetdinov Rauaj Ayapbergenovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi XVII-XIX asrlarda Janubiy Orol bo‘yidagi mavjud bo‘lgan markaziy shaharlar hamda qo‘rg‘on shaharlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVII-XIX asrlarda Qoraqalpog‘iston hududida qal’a funksiyalariga ega bo‘lgan ob’ektlar qisqa tarixiy vaqt ichida paydo bo‘lganligi, keyinchalik ular yirik shaharlar hududiga va mustahkam turar-joylarga aylanganligi asoslangan;
XVIII asrda bir necha yirik shaharlar (Xo‘jayli,Chimboy, Qo‘ng‘irot) ajralib chiqib, ular mudofaa devorlari bilan o‘ralganligi, bozorlar madaniy, diniy markaz sifatida faoliyat ko‘rsatganligi, qal’a atrofida yashagan xalqlar bosqinchilik vaqtida qal’aga kirib uning mudofaasiga o‘z hissalarini qo‘shishganligi dalillangan;
Orol bo‘yi, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yarim o‘troq, yarim ko‘chmanchi xo‘jalik(dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik)ka asoslangan xalqlarning Aq qal’a, Qudaybergan – qal’a, Yangi qal’a (Jaңa qala), Eshon qal’a, Nukus qo‘rg‘oni, O‘raz otaliq – qal’a, Arzi-qal’a, Seren – qal’a nomdagi qo‘rg‘on shaharlari va Sasiqbiy – qo‘rg‘oni, Erejep qal’a (Erejep qala), Ernazar qal’a, Kapir qal’a, Biyruk, Mehter qal’a, Jong‘ozi-qal’a, Qalmoq-qal’a, O‘rinboy qal’a nomdagi maskan joylari mavjud bo‘lganligi aniqlangan;
XIX asrning 50-yillarida yangidan paydo bo‘lgan qo‘rg‘on qal’alar qoraqalpoq xalqining milliy ozodlik uchun kurashi davrida himoyalanish, panoh topishi uchun rejalashtirilgani bois, ularning qurilishi va loyihalarida, avvalo, mudofaa inshootlari katta rol` o‘ynaganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. XVII-XIX asrlardagi Janubiy Orol bo‘yi shaharlari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
XVIII asrda bir necha yirik shaharlar (Xo‘jayli,Chimboy, Qo‘ng‘irot) ajralib chiqib, ular mudofaa devorlari bilan o‘ralganligi, bozorlar madaniy, diniy markaz sifatida faoliyat ko‘rsatganligi, qal’a atrofida yashagan xalqlar bosqinchilik vaqtida qal’aga kirib uning mudofaasiga o‘z hissalarini ko‘shishganligiga oid natijalardan o‘lkashunoslik muzeylarida o‘lkaning qadimiy shaharlariga oid ekspozisiyalarni tashkil qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi 2021 yil 22 sentyabrdegi 2 10/1-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi o‘lkashunoslik muzeylari eksonatlarini mazmunan boyitilishiga xizmat qilgan;
XVII-XIX asrlarda Orol bo‘yi, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yarim o‘troq, yarim ko‘shmanchi xo‘jalikga (dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik) asoslangan xalqlarning qal’a shaharlari va maskan joylarini aniqlashda dissertatsiya ishi bo‘yicha e’lon qilingan maqolalarda keltirilgan nazariy xulosalar foydalanishda xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 24 sentyabrdagi 2.60/1-son ma’lumotnomasi). Natijada XVII-XIX asrlarda Orol bo‘yi mintaqasi aholisining ichki migratsiyalari to‘g‘risidagi nazariyani mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
XVII-XIX asrlarda Qoraqalpog‘iston hududida qal’alar funksiyalariga ega bo‘lgan ob’ektlar mavjud bo‘lib, ular qisqa tarixiy vaqt ichida paydo bo‘lishi bilan birga keyinchalik ba’zilari yirik shaharlar hududiga, boshqalari bo‘lsa mustahkam turor-joylarga aylanib qolganligi bilan bog‘liq natijalardan 2021 yilda Qoraqalpog‘iston telekanalining «Assalao‘ma aleykum Qaraqalpaqstan» ko‘rsatuvi orqali namoyish etilgan va Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Musiqiy dam olish dasturlari» bosh muharririyati tomonidan «Tarixiy shaxslar», «Miyras» eshittirshlari ssenariylarin tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 iyundagi 01-02/295-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi o‘quvchi yoshlar, talabalar, olimlar va tarixga qiziquvchi aholiga qatlamlarining tarixiy tafakkurini boyitishga xizmat qilgan.