Matjanov Aman Jarilkapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpog‘istonning transport tarixi (1925-2020 yy.), 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD.Tar861.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytimbetov Minsizbay Kazakbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925-2020 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud transport tizimi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasining butun O‘rta Osiyoda yagona transport siyosatini yuritishi natijasida Orolbo‘yi o‘lkasida Kaspiy Volga yo‘li orqali bo‘ladigan savdo-sotiq aloqalari deyarli to‘xtaganligi, yangi Buxoro-Orenburg savdo yo‘li tarmog‘ining Petro-Aleksandrovsk va Chimboy o‘rtasidagi aloqa yo‘li katta ahamiyatga ega bo‘lganligi asoslangan;
mustamlakachilik davrida paroxod, flotiliya, avtomobil`, temir yo‘l, havo yo‘li kabi transport xizmati yangi turlarining joriy qilinishi imperiyadagi xususiy shaxslar va aksionerlik jamiyatlari kapitalining Orolbo‘yi mintaqasiga kirib borishiga yo‘l ochib berganligi dalillangan;
Qoraqalpog‘iston havo yo‘li transport tizimi dastlab tashkil qilingan davrda zararkunandalarga qarshi kurashish hamda pochta-yo‘lovchilar tashish vazifasini bajarganligi, hudud O‘zbekiston tarkibiga kiritilganidan keyin tranzit yuk va yo‘lovchilar tashish, sanitariya aviatsiyasi kabilarning yo‘lga qo‘yilganligi hamda respublika xalq xo‘jaligini rivojlantirishda havo yo‘lining muhim o‘rin tutganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida Uchquduq-Mungli-To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot-Beynov, Navoiy-Uchquduq-Miskin-Nukus temiryo‘l magistrallarining yo‘lga qo‘yilishi hamda zaruriy infratuzilmaning shakllantirilishi Qoratosh va Ustyurt tekisligidagi foydali qazilma boyliklarining samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston transport tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘iston aholisi azaldan quruqlik va suv yo‘llari orqali qo‘shni hududlar bilan aloqalar o‘rnatib kelgan bo‘lsa-da, Rossiya imperiyasining butun O‘rta Osiyoda yagona transport siyosatini yuritishi natijasida Orolbo‘yi o‘lkasi Kaspiy Volga yo‘li orqali bo‘ladigan savdo-sotiq aloqalari deyarli to‘xtab, yangi Buxoro-Orenburg savdo yo‘li tarmog‘ining Petro-Aleksandrovsk va Chimboy o‘rtasidagi aloqa yo‘li katta ahamiyatga ega bo‘lganligiga oid natijalardan “Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati” muzeyidagi eksponatlar mazmunan boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 2-03/1761-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzeydagi eksponatlar orqali joylarda ko‘rgazmalarni tashkil etish hamda sayyohlarning muzeyga qiziqishlarining ortishiga xizmat qilgan;
mustamlakachilik davrida transport xizmatining yangi turlari: paroxod, flotiliya, avtomobil`, temir yo‘l, havo yo‘li kabi vositalari joriy qilinishi imeriyadagi xususiy shaxslar va aksionerlik jamiyatlari kapitalining Orolbo‘yi mintaqasiga kirib borishiga yo‘l ochib berganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillari bajarilgan FA-F1-GOO1 “Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida: Amudaryoning quyi tomonidagi shahar va shahar madaniyatining tarixiy istiqbollari” fundamental` loyihada mazkur dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zR FA QQB QQGITIning 2021 3 avgustdagi 189/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq xo‘jaligining rivojlanishida transportning tutgan o‘rni va ta’sirini e’tiborga olish imkoni yaratilgan;
mustaqillik yillarida Uchquduq-Mungli -To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot –Beynov, Navoiy-Uchquduq-Miskin-Nukus temiryo‘l magistrallarining yo‘lga qo‘yilishi hamda ularga zaruriy infratuzilmani shakllantirilishiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasining o‘lkada tarixiy turizmning tarixiy arxeologik yo‘nalish marshrutlarini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasining 2021 yil 9 noyabrdagi 02-11/1604-son ma’lumotnomasi). Natijalar hududning turistik salohiyatini oshirishga, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga keng imkon bergan.