Kamalova Dil`fuza Enuarovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq adabiyotida novella janri», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil677.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurjanov Perdebay Erjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ktaybekova Zulfiya Kengesbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq adabiyotida novella janri shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan omillarni aniqlash, milliy estetik tafakkurda janr vazifadoshligini belgilash va rivoya matni g‘oyaviy-estetik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq adabiyotida novella va hikoya o‘rtasidagi janriy differensiatsiya isbotlanib, janrning kompozision qat’iyligi, struktura jihatdan ixchamligi, dramatik holatlarga boyligi hamda kanonik xususiyatlari aniqlangan;
novellalarning mavzu ko‘lami, g‘oyaviy-tematik diapazoni aniqlanib, janrga xos keskin konflikt, dramatizm, o‘tkir syujet, lirizm va psixologizm, kutilmagan echim kabi spesifik xususiyatlar, novella va hikoya o‘rtasidagi kompozision tafovut va g‘oyaviy mushtaraklik dalillangan;
qoraqalpoq novellalarida voqealarning xronologik tartibda berilmasligi, lakonizm va qahramon ruhiy holatini berishda predmet, xotira, tush kabi badiiy tafsilot hamda portret, peyzaj singari poetik mahorat badiiy-estetik jihatdan ochib berilgan;
janr badiiy-estetik mohiyati, tipologik mushtarakligi muayyan asarlar asosida o‘ziga xos yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan hamda ijodkorga xos til xususiyatlari, badiiy psixologik ifodalash uslubi, murakkab poetik tasvir yo‘sini va yozuvchining ijodiy individualligi ochib berilgan, shuningdek novellada badiiy voqealikni tasvirlashdagi naturalizmga asoslangan kamchiliklar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq adabiyotida novella janri genezisi, taraqqiyot tamoyillari va spesifik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan natijalar asosida:
badiiy tizimda novella janrining paydo bo‘lishi, shakllanishi va evolyusiyasi, janr va g‘oyaviy-tematik xususiyatini tadqiq qilishga tegishli materiallar va ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” (2017-2020 y.y.) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 25 avgustdagi 219/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu loyihaning qoraqalpoq prozasida kichik epik janrlarning (hikoya, novella, ocherk va h.) tadqiqi tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlarini yozishda manba sifatida foydalanilgan;
novella janri va uning qoraqalpoq adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati, nazariyasi, o‘ziga xos xususiyati yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan proza kechasiga bag‘ishlangan seminarlarda va yilning yakuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ma’ruza sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 25 avgustdagi 94-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning novella janri haqida keng bilim va tushunchaga ega bo‘lishiga hamda badiiy mahoratini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga amaliy xizmat qilgan;
novella janrining g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari, badiiy-estetik xizmati va novella ijodkorlarining epika janrini tur va shakl, uslubiy tomondan boyitishdagi o‘ziga xos mahorati to‘g‘risidagi ilmiy va amaliy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining «Adabiy portret», «Adabiyot va davr», «Xayrli tong», «Yoshlar studiyasi», «Yozuvchi va zamon» ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 avgustdagi 01-02/412-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq yozuvchilari novellalarining qoraqalpoq nasrida tutgan o‘rni, g‘oyaviy-tematik, janriy va badiiy-estetik tomonlari keng jamoatchilikka targ‘ib qilinishiga erishilgan.