Seytimbetova Nargiza Minsizbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida millatlararo munosabatlarning rivojlanishi (1991-2021 yy.)», 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar399. 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.   
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori; Urazova Larisa Karamovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida millatlararo munosabatlarning rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlari miloddan avvalgi I yillikka oidligi aniqlanib, Orol bo‘yi mintaqasida yashovchi millat vakillarining o‘ziga xos o‘troq va ko‘chmanchi yashash muhiti, iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi faoliyati davomida madaniy landshaft birligiga ega ekanligi hamda ushbu mintaqada to‘plangan xo‘jalik tajribasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy xo‘jalik tipining shakllanganligi asoslangan; 
XX asrning 30-yillarida Orolbo‘yi mintaqasining iqlimi va tabiiy sharoiti sholichilik va chorvachilik uchun qulay bo‘lganligi sababli ushbu hududlarga koreys va qozoq millati vakillarining ko‘proq ko‘chib kelganligi dalillangan;
Orol dengizining qurib borishi bilan mintaqadagi ekologik vaziyat natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy omillar, ayniqsa, Qoraqalpog‘istonning shimoliy va markaziy tumanlarida yashovchi qozoq millati vakillarining etnik migratsiyaning rivojlanishiga olib kelib, ularning ko‘chib ketishi respublika milliy tarkibida demografik o‘zgarishlarga olib kelganligi asoslangan; 
respublika milliy tarkibida rusiyzabon xalqlar mustaqillikning dastlabki yillarida ko‘pchilikni tashkil qilib, keyinchalik ularning ko‘chib ketishi va tug‘ilish jarayonining pastligi sababli son jihatdan kamayishi, armanlar, yahudiylar, moldavanlar, nemislar, gruzinlar, litvaliklar, estonlar, latishlarni esa ko‘chib ketishi hamda keksayish jarayoni sabab statistik ma’lumotlardan tushib qolganligi asoslangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida millatlararo munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasidagi vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan davlat muassasalarining etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan bildirilgan takliflardan  2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 7-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida Etnomadaniy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibiyatining 2021 yil 4 oktyabrdagi 11-10/75-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat muassasalarining etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirish imkoni yaratilgan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida milliy-madaniy markazlarning millatlarni konsolidatsiyalashtiruvchi konstruktiv institutlarga aylantirish yuzasidan bildirilgan takliflardan va millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda rus madaniy markazining tutgan o‘rni bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida o‘tkazilgan «V sem`e edinoy» loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniy markazining 2021 yil 22 iyundagi 06-03-son ma’lumotnomasi). Natijalar respublikada milliy-madaniy markazlarning millatlarni birlashtiruvchi institut sifatida ahamiyatining ortishiga va millatlararo barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilgan; 
millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini keng ommaga etkazishda ommaviy axborot vositalarining roli, Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 iyundagi 01-02/280-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni vatanparvarlik, millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish